Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Denis Istomin "Masters" turnirining birinchi davrasidayoq mag‘lub bo‘ldi

Denis Istomin "Masters" turnirining birinchi davrasidayoq mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkasi Denis Istomin, kecha AQSHning Florida shtati Mayami shahrida o‘tayotgan “Masters” seriyasiga kiruvchi nufuzli turnirning ilk bosqich bahsida rossiyalik Andrey Kuznesovga qarshi kortga chiqdi.

Qur’a natijalaridan so‘ng hamyurtimiz asosiy to‘rning birinchi bahsini o‘zi uchun qulay bo‘lgan raqibga qarshi o‘tkazishini ma’lum bo‘lgan edi. Sababi Istomin Kuznesovga qarshi o‘zaro ikki marta bahs olib borgan bo‘lsa, ikkalasida ham uni mag‘lub eta olgan edi. Biroq bu safar shunday bo‘lmadi. ATP reyting jadvalida Denisdan 2 pog‘ona yuqorida (68) borayotgan Andrey Kuznesov tennischimizni ikki set natijasiga ko‘ra mag‘lub eta oldi.

Denis har ikki setda ham Kuznesovga yetarlicha qarshilik ko‘rsata oldi. Birinchisida 4:6 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, ikkinchi set tay-breykka qadar cho‘zildi va unda Kuznesov hamyurtimizga umuman imkoniyat qoldirmagan holda (0:7) uchrashuv g‘olibiga aylandi.

Shu tariqa Denis Istomin “Masters” turniridagi ishtirokini erta yakunlashga majbur bo‘ldi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 15:08, 24.03.2017.
O'qildi: 6602 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.