Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

"Babayan out" yoxud fanatlarning sabr kosasi to‘ldi

"Babayan out" yoxud fanatlarning sabr kosasi to‘ldi

Baho:
+ | -

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosurat futbol ishqibozlarining sabr kosasi so‘nggi tomchi - kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng toshganligini ko‘rsatmoqda deb yozadi Sputnik.

Kecha Malayziyaning Malakka shahridagi o‘yingohda O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 saralash uchrashuvi doirasida Suriyaga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Aynan mana shu mag‘lubiyat shundoq ham yuragini hovuchlab yurgan muxlislarning sabr kosasini to‘ldirgan ko‘rinadi. Sababi o‘yin yakunlanganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlar ushbu o‘yin va milliy terma jamoa o‘yinchilari harakatlariga nisbatan fikrlarga to‘lib toshdi.

Bundan tashqari, muxlisu mutaxassislar, jurnalistlar terma jamoaning o‘yini borasida o‘zlarining tahliliy maqolalarini chop etmoqdalar.

Xayrulla Hamidov "Men aytmoqchi bo‘lgan gap shuki, futbolimiz yana o‘zgarish ostonasida turibdi. Vaqt e’tibori bilan ham bu muddat kelib bo‘ldi, muxlislarning futboldan bezib borayotgani e’tibori bilan ham. Bilmadim, bu galgi o‘zgarish qanday bo‘ladi, ammo u qanday bo‘lishidan qat’i nazar bir muddatga bo‘lsin ashaddiy futbol ishqibozlarini yana stadionlarga jamlay oladi, deb o‘ylayman. Muhimi, bu o‘zgarishdan kelib chiqadigan natijalar davomiy bo‘lsin", deya fikr bildiradi.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosurat esa futbol ishqibozlarining sabr kosasi so‘nggi tomchi — kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng toshganligini ko‘rsatmoqda.

Futbol ishqibozlari O‘zbekiston termasining mag‘lubiyatidan norozi Biz futbol ishqibozlariga sabr tilaymiz hamda asablarini asrashlarini, hissiyotga berilmasliklarini so‘raymiz.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonib millionlab o‘zbek muxlislarining ko‘p yillik orzularini amalga oshirishiga umid qilamiz.

Manba: sputniknews-uz.com
Kiritildi: 17:46, 24.03.2017.
O'qildi: 37490 marta.
Fikrlar: 71 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.