«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan Armanistonning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Bu borada o‘tkazilgan so‘rovnomada u «Ksanti» yarimhimoyachisi Markos Pizzelli va «Maritimu» hujumchisi Gevorg Kazaryanni ortda qoldirdi.
«Muxlislarimga rahmat. Armanistonni dunyoga tanitishda davom etaman» - deb yozdi Mxitaryan tvitter sahifasida.