Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Joze Mourinyo: «Pogbaga oson emas!»

Joze Mourinyo: «Pogbaga oson emas!»

Baho:
+ | -

«MYU»  16 mart oqshomi «Rostov»ni (1:0) o‘z maydonida kichik hisobda yengish  evaziga YEL chorak finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo o‘yin arafasida asosiy tarkibning 2 nafar vakili maydonga tusholmasligi vaziyatni keskinlashtirsada, ishonch bilan gapirgandi: «Umid qilamanki, shogirdlarim kerakli natijani qayd etishadi». «Benazir» shuningdek, Pol Pogba sha’niga aytilayotgan tanqidiy fikrlar o‘rinsiz ekanligini alohida ta’kidlagandi.

Yo‘qotishlar xususida

- Martial jarohatlangani bois, «Chelsi»ga qarshi o‘yinda maydonga tusholmadi. U dushanba kuni kechki va ertasiga tushlikdan oldingi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi. Bunday vaziyatda futbolchining payshanba kuni o‘ynashi xususida gap bo‘lishi mumkin emas. Xullas, Antoni tarkibdan tashqarida. «Rostov»ga qarshi bahsda asosan kubok uchrashuvida o‘ynagan futbolchilarga imkoniyat berishni lozim topdim. Ularga Zlatan Ibragimovich yordam beradi. Runiga kelsak, uni tizzasidagi jarohat bezovta qilyapti. Ueyn hozirda shifokorlar nazorati ostida.

YEL va Kalachev xususida

- YEL biz uchun o‘ta muhim turnir hisoblanadi. Ilk kunlardanoq musobaqaga shunday munosabatdamiz. Deylik, har bir uchrashuvda imkon qadar kuchli tarkibga tayanmoqdamiz. Zero, maqsadimiz - iloji boricha uzoqroqqa borish.

«Rostov»ga qarshi dastlabki uchrashuvda qayd etilgan jangovar (1:1) durang shuni anglatadiki, raqib anoyi emas. Uning saviyali jamoa ekanligi ma’lum. Raqibimiz dongdor klublar bilan safar uchrashuvlarida ham munosib kuch sinashdi, xalqaro tajribasi yetarli. Aynan shu jihat hushyorlikka undaydi. Umid qilamanki, muxlislarimiz daldalari ostida vazifani uddalaymiz va chorak finalchilar safidan joy olamiz. Kalachevmi? Uning maydonga tusholmasligi ayni muddao. Kalachev - ulkan tajriba, yuksak saviya sohibi. Lekin «Rostov» bu yo‘qotish o‘rnini to‘ldirishga qodir. Bilishimcha, raqibimiz «Terek»ka qarshi uchrashuvda kerakli rotasiyani amalga oshirib, zaxira futbolchilari imkoniyatini chamalab olgan.

Pogba va hasadchilar xususida

- Dunyo qadriyatlardan uzoqlashmoqda. Hozirgi payt hasadgo‘ylik birinchi o‘ringa chiqib borayotganini hammamiz yaxshi bilamiz. Meni kelajak avlod taqdiri tashvishga solmoqda. Jamiyat shu zaylda rivojlanishda davom etsa, uning holi nima kechadi? Axir o‘tmishda eng sara futbolchi olgan maoshdan 10 baravar ko‘p ish haqi olayotgani uchun Pogba ayblash o‘rinli-mi? Ayrim tahlilchilarning ishlari yurishmay qolayotgani, turmushlari farovon emasligi va har bir funtni tejab-tergab ishlatishayotganiga ham Pol aybdor emas. Menimcha, nafaqat u, balki oila a’zolari ham hurmatga loyiqlar. Bu yigit 3 nafar farzandni tarbiyalagan oddiy ishchi oilasida ulg‘aydi. Ota-onasining  shunday baquvvat og‘a-inilarni kamolga yetkazish yo‘lida yetarlicha mablag‘ sarflashganiga ishonchim komil. Ya’ni ularni yedirib-ichirish uchun tunni kunga ulab, tinmay ter to‘kishgani aniq. Qolaversa, bu yigit o‘smirlik chog‘iyoq Manchesterga keldi, begona yurtda yashash, begona jamoada to‘p surish, musofirchilik qiyinchiliklaridan cho‘chimadi. Xullas, halol mehnati evaziga shunday martabaga erishdi. Shaxsan men Pol uchun xursandman, jamoa ham undan qoniqish hosil qilyapti. Xususan, Pogbaning o‘ziga xos tabiati, ya’ni atrofdagilarning nimalar deyishlariga umuman e’tibor bermasligi alohida tahsinga loyiq.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:54, 25.03.2017.
O'qildi: 7106 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.