Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

"Olmaliq" kubok bahsida "Sementchi"ga qarshi o‘ynaydi

"Olmaliq" kubok bahsida "Sementchi"ga qarshi o‘ynaydi

Baho:
+ | -

Bugun "Olmaliq" O‘zbekiston kubogi 1/16 final bosqichida Quvasoyning "Sementchi" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Musobaqa tartibiga ko‘ra kubokning 1/16 finali birinchi liga jamoalari maydonida o‘tkaziladi. Quvasoy shahrida bo‘lib o‘tadigan bugungi bahs 15:00da boshlanadi."Olmaliq" "Sementchi" bilan xuddi shu bosqichda 2015 yilda ham to‘qnash kelgandi. 28 aprel sanasida bo‘lib o‘tgan o‘yinda raqib irodali g‘alabaga erishgan. Uchrashuvni ancha faol boshlagan "Olmaliq" 4-daqiqada Shavkat Salomov tomonidan urilgan gol bilan hisobni ochadi. 27-daqiqada Arslonmurod Amanov hisobni ikkitaga oshiradi. Tezkor gollar jamoamiz o‘yinida xotirjamlik keltirib chiqarishi oqibatida o‘yinning asosiy vaqtida hisob tenglashadi. Quvasoyliklardan Dilshod Eminov 71 va 90+2 daqiqada gol urib o‘z dublini nishonlaydi. Qo‘shimcha taymlarda omad yana mezbonlar tarafida bo‘ladi. Alisher Fayzullayev 105-daqiqada jamoasiga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylanadi.   "Olmaliq"ning bu bosqichdagi o‘yinlariga nazar soladigan bo‘lsak, so‘nggi uch yilda g‘olib asosiy vaqtda aniqlanmagan. 2014 yil Qashqadaryo viloyatiga safar uyushtirgan jamoa Koson tumanining "Alanga" jamoasi bilan bahs yuritgan. Asosiy vaqt 1:1 natija bilan yakun topgan va qo‘shimcha taymlarda jamoamiz ikki gol kiritib keyingi bosqichga yo‘l olgan.2015 yilgi uchrashuvni yuqorida yozdik. O‘tgan mavsumda esa jamoamiz Buxoro viloyati "Nurafshon" jamoasi bilan o‘tkazilgan o‘yinda ham qo‘shimcha taymlarda urilgan ikki gol evaziga 1/8 finalga chiqqandi. G‘ijduvonda o‘tgan o‘yinning asosiy vaqtida hisob ochilmagan edi.   "Olmaliq"ning 2008 yildan boshlab 1/16 finaldagi uchrashuvlari statistikasi quyidagicha:   "Nurafshon" (Buxoro) - "Olmaliq" - 0:2 (0:0) 18.03.2016.  Gollar: Farhod Tojiyev, 92, Zohir Pirimov, 105 *** "Sementchi" (Quvasoy) - "Olmaliq" - 3:2 (0:2) 28.04.2015.  Gollar: Dilshod Eminov, 71, 90+2, Alisher Fayzullayev, 105 - Shavkat Salomov, 4, Arslonmurod Amanov 27. *** "Alanga" (Koson) - "Olmaliq" - 1:3 (0:0) 19.04.2014.  Gollar: Asliddin Lutfullayev, 56 - Sherzod Hakimov, 55, 113, Zohir Pirimov, 105 *** "Olmaliq" - "Kosonsoy" - 2:1 (1:0) 06.04.2013.  Gollar: Zafar To‘rayev Zafar, 14, Shahboz Erkinov, 60 - Davron Isoqov, 86 *** "Registon" (Samarqand) - "Olmaliq" - 0:1 (0:0) 30.03.2012.  Gol: Yevgeniy Gogol,79 penaltidan *** "Erqo‘rg‘on" (Koson) - "Olmaliq" - 1:0 29.04.2011.  Gol: Ahmad Rayimjonov *** "Bunyodkor-2" (Toshkent) - "Olmaliq" - 1:2 (0:2) 27.03.2010.  Gollar: Ma’ruf Ahmadjonov, 51 - Isroil Ergashev, 8, Zoteev Oleg, 17 *** "O.Akbarov" (YAypan) - OTMK - 1:2 14.03.2008.  Gollar: Abdug‘affor Hakimov - Aleksandr Dindikov, Konstantin Kanin   Chetlatish: G‘ayrat Omonmurodov, 76 (OTMK)   2013 yilgi bahs ikki jamoa kelishuviga ko‘ra Olmaliq shahrida o‘tkazilgan. 2009 yilda esa jamoa Kubok bahslariga 1/8 finaldan boshlab ishtirok etgan.
Manba: fc-olmaliq.uz
Kiritildi: 14:32, 25.03.2017.
O'qildi: 6231 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик