Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

“Navbahor” - “Xorazm” o‘yinidan so‘ng murabbiylarning fikrlari

“Navbahor” - “Xorazm” o‘yinidan so‘ng murabbiylarning fikrlari

Baho:
+ | -

Mamlakat kubogining 1/16 finalidan o‘rin olgan "Navbahor" - “Xorazm” (5:0) o‘yinidan so‘ng matbuot anjumani o‘tkazildi.

Dastlab “Xorazm” jamoasi boshlig‘i Mixail Kim o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: - Biz uchun bugungi uchrashuv O‘zbekiston Birinchi ligasi o‘yinlariga o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini o‘tadi. Albatta “Navbahor”ga ba’zi jabxalarda imkoniyatni boy berdik. Qo‘limizdan kelganicha kurashdik. Jamoamiz uchun asosiysi – birinchilikka tayyorgarlik ko‘rish. Kubokda ham ijobiy natija usun harakat qildik, ammo klublarning turli saviyadaliklari o‘z so‘zini aytdi. “Navbahor” tezkor jamoa ekani ko‘rinib turibdi. Namanganliklarga ushbu mavsumda omad yor bo‘lishini tilab qolaman. Ikkinchi bo‘limda yigitlar charchab qolishdi. Mart oyida tayyorlanishni boshlaganmiz. Bu ham ta’sir qildi. To‘g‘ri, birinchi bo‘lim boshida yomon o‘yin ko‘rsatmadik. Chunki yigitlar kuchga to‘la hamda Oliy liga jamoasiga qarshi o‘zgacha ruhda maydonga tushishgandi.

“Navbahor” futbol klubi sport direktori Anvar Soliyev esa uchrashuv haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: - O‘yin borasida nima deyishim mumkin? Istaymizmi yoki yo‘qmi, baribir Birinchi liga jamoasiga qarshi ruhiy tayyorgarlik u qadar yaxshi bo‘lmaydi. Birinchi taymda o‘yinimiz qovushmadi. Uchrashuvning ikkinchi yarmi esa biz kutgandek o‘tdi. Namanganda “Navbahor” qachon oxirgi marotaba bunday hisobda g‘alaba qozonganini eslay olmayman. Kamchiliklar bugun ko‘p bo‘ldi. Bular ustida ishlab, navbatagi bahslarda ham ijobiy natijaga erishish uchun harakat qilamiz. Birinchi bo‘limda yigitlar raqibni mensishmadi demagan bo‘lardim. Ilk daqiqalardan 3-5-2 taktikasi bilan o‘ynadik. Birinchi taym o‘rtalarida esa taktikani o‘zgartirdik. Shuning hisobiga o‘yinimizda muammolar ko‘zga tashlandi. Yigitlarga tashakkur bildiraman. Ular yomon o‘yin ko‘rsatishmadi. O‘zbekiston kubogining keyingi bosqichida “Neftchi” bilan kuch sinashamiz. Farg‘onaliklar bilan yaqinda ham o‘yin o‘tkazdik. “Vodiy derbisi” maqomidagi to‘qnashuvlar doimo qiziqarli kechgan. Yosh futbolchimiz Ravshan Xursanov kelajakda yaxshi hujumchimiz bo‘lib yetishadi. Buni u debyut o‘yinida gol bilan isbotladi. Alisher Mirzayev ham kelajagi porloq bola. Xudo xohlasa, “Dinamo”ga qarshi bellashuvda ham yaxshi natijaga erishib, yorug‘ yuz bilan uyga qaytishga harakat qilamiz. 

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:28, 25.03.2017.
O'qildi: 9110 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик