Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Samvel Babayan: "Asosiy maqsadimiz — g‘alaba qozonish"

Samvel Babayan: "Asosiy maqsadimiz — g‘alaba qozonish"

Baho:
+ | -

JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Qatar uchrashuvidan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan va yarimhimoyachi Marat Bikmayev ishtirok etdi.

“Malayziyada qayd etilgan natijalar uchun muxlislar oldida uzr so‘rayman. Deyarli barcha o‘yinlar g‘alaba va mag‘lubiyat orasida turadi. Suriya bilan o‘yinda qayerdadir men xato ham qilgandirman.

Afsuski, hech qaysi o‘yinda optimal tarkibda o‘ynay olmayapmiz. Avvalgi o‘yinlarda yo‘qotishlar bo‘ldi. Denisov ertaga maydonga tusha olmaydi. Bundan afsusdamiz.  To‘xtaxo‘jayev esa sariq kartochka tufayli o‘yinni qo‘yib yuboradi. Bu guruhda kurash so‘nggi turgacha davom etadi, chunki raqiblar ham ochko yo‘qotmoqda.

Asosiy maqsadimiz — erataga g‘alaba qozonish va shu yo‘l orqali JCH–2018 turniriga yo‘l olish. Ayni vaqtda eng kuchli tarkibga ega ekanimiz haqidagi so‘zlardan qochmayman. Bu haqiqatdan ham shunday. Balki erataga ham iste’foga chiqarman. Asosiysi, O‘zbekiston terma jamoasi JCH–2018 turniriga yo‘l olishi kerak.

Jamoa yaxshi o‘ynaganda stadion to‘ladi. Muxlislarga murojaat qilmoqchiman. Stadionga qancha muxlis kelishidan qat’i nazar ulardan dalda so‘rab qolamiz va bizni qo‘llab-quvvatlashlariga umid qilmamiz”, – dedi Samvel Babayan.  

“Suriyaga qarshi o‘yindan keyin o‘zimizga kelib oldik va ertaga g‘alaba uchun barcha kuchimizni berishga tayyormiz. Muxlislarni stadionga kelib, qo‘llab quvvatlarini so‘raymiz”, – dedi Marat Bikmayev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Qatar uchrashuvi ertaga, 28 mart kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o‘tkaziladi. O‘yin 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.  

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 11:48, 27.03.2017.
O'qildi: 22866 marta.
Fikrlar: 76 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик