Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Ronaldu va Messi tarafdorlari bir-biriga qarshi o‘ynaganda…

Ronaldu va Messi tarafdorlari bir-biriga qarshi o‘ynaganda…

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu yoki Lionel Messi tarafdorlari bahs olib borishsa, qanday bo‘larkin? Bu bellashuv ishtirokchilari kim bo‘ladi? Har hafta futbol olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan taniqli futbolchilar Messi yoki Ronaldu tarafini olib o‘z fikr va mulohazalarini bildiradi. Bugunning va o‘tmishning eng yaxshi futbolchilari qaysi tarafdan joy oladi? Goal nashri Ronaldu va Messi tarafdorlaridan iborat tarkibni tuzib chiqdi. Tarkib o‘z murabbiylariga ham ega. Tarkibni tanishtirishni Ronaldu tarafdorlaridan boshlaymiz.

Ronaldu jamoasi

Murabbiy: Ser Aleks Fergyuson

SAF portugaliyalik futbolchining futboldagi haqiqiy otasi hisoblanadi. Aynan shotlandiyalik murabbiy qo‘l ostida Ronaldu professional futbolda o‘sishga erishdi. «Sporting» jamoasi olmosi afsonaviy murabbiy tomonidan shakllantirilganligini va aynan Fergyuson uni hammadan ham yaxshi bilishini hech kim inkor etmasa kerak. Boshqa har qanday murabbiy, hatto Karlo Anchelotti ham CR7 jamoasiga ustozlik qilishga nomunosib.

Darvozabon: Edvin Van Der Sar

Van Der Sar «Manchester Yunayted«da uzoq vaqt uning o‘yinlarini kuzatib borishga muyassar bo‘lgan. Goal.comga bergan intervyusida ham bu o‘z tasdig‘ini topgan: «Ronaldu har doim ajoyib gollar urmoqda. Uning statistikasiga aqlbovar qilmaydi. U «Manchester Yunayted»dayoq yaxshi edi, ammo u keyinchalik yana o‘z darajasini oshirib olishga erishdi. U «Real»da ajoyib mavsum o‘tkazmoqda.»

Himoyachilar: Tiago Silva

Chempionlar Ligasi doirasida 2015-yilgi «Real» – «PSJ» bahsidan keyin Tiago Silva Ronaldu tomoniga o‘z maqtovlarini yog‘dirib yuborgandi: «Ronaldu kabi dunyoning eng yaxshi futbolchisi bilan birga to‘p surish yoqimli. Albatta, «PSJ» uni sotib olishini biz futbolchilar ham istaymiz. Chunki u judayam yaxshi o‘yinchi va texnikasi tufayli u dunyodagi har qanday jamoaga kerakli. Ayniqsa, Chempionlar Ligasini yutib olishni istaydigan «PSJ» uchun juda asqotgan bo‘lardi».

Rio Ferdinand

Ronaldu himoyani sobiq jamoadoshiga ishonib topshirishi mumkin. Angliyalik himoyachi ham Ronaldu haqida o‘zining iliq fikrlarini aytib o‘tgan: «Krishtianu Ronaldu haqida nima deya olaman, mukammal ijrochi. Sen bilan faxrlanaman, do‘stim. Iqtidorga ega yosh futbolchilar uchun o‘z ustida mehnat qilib yuqori marralarga chiqishi mumkinligiga tirik namuna bu Krishtianu bo‘ladi.»

Patris Evra

Ronaldu jamoasiga chap qanot himoyachisi vazifasini Patris Evraga ishonib topshirishi mumkin. U ham sobiq klubdoshini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. «Agarda mashg‘ulotlar soat 10 da boshlanadigan bo‘lsa, u 8.30 dayoq mashg‘ulot zalida shug‘ullanayotgan bo‘lardi. U mashina», deya fransiyalik himoyachi o‘z hayratini yashirmagandi.

Yarimhimoyachilar: Luish Figu

CR7 jamoasining o‘ng qanotini Ronalduning kumiri Luish Figuga berish to‘g‘ri bo‘ladi. «U top futbolchi. O‘ylashimcha u har qanday ampluada o‘ynab keta oladi. Boisi u oldiga muhim maqsadlar qo‘yadi. U hamisha gol uradi», deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi «Real» va «Barselona»ning sobiq a’zosi.

Rayan Giggz

Chap qanot yarim himoyasidan Rayan Giggs joy oldi. Angliya matbuoti tomonidan «Manchester Yunayted»dagi uzoq yillik futbolchilik faoliyati mobaynida qaysi eng yaxshi futbolchi bilan o‘ynagansiz, degan savol so‘ralgandi. Uelslik futbolchi Brayan Robson, Mark Hyuz, Roy Kin, Piter Shmeyxel, Pol Skouls, Devid Bekxem, Erik Kantona, Ruud van Nistelroy yoki Ueyn Runidek klub afsonalari qolib aynan Ronalduni tanlagandi. Bundan ortiq o‘z fikrini yana qanday ta’riflash mumkin?

Kaka

«Real»dagi faoliyati ko‘ngildagidek kechmagan bo‘lsa-da, Kaka «Oltin to‘p» sovrindori hisoblanadi. ESPN ga bergan intervyusida quyidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: «Krishtianu aqlbovar qilmas o‘yinchi. Har yili yanada yaxshiroq o‘yin ko‘rsatmoqda va gollari ko‘rsatkichlarini oshirishda davom etmoqda. Men uchun, u dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi.»

Mesut O‘zil

2010-2013-yillar oralig‘ida «Real»da birga to‘p surgan Mesut O‘zil As nashriga bergan intervyusida Ronaldu haqida ajoyib mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi: «Men Ronaldu kabi futbolchini oldin hech ko‘rmaganman. Kiyinish xonasiga birinchi bo‘lib keladigan va eng oxirida ketadigan ham u edi. U haqiqiy professional va hamisha kurashishga tayyor. Haqiqatdan, u dunyoning eng yaxshi futbolchisi va bu tarixda ham qoladi.»

Hujumchilar: Ueyn Runi

So‘nggi paytlarda o‘yinida pasayish kuzatila boshlagan Ueyn Runi «Manchester Yunayted»da birga to‘p surgan jamoadoshini qo‘msayotgan bo‘lsa ajab emas. «Qizil iblislar» rasmiy veb-sahifasiga bergan intervyusida quyidagi fikrlarini bildirdi: «Uning o‘tkazgan o‘yinlaridan ham ko‘p gollar urgani darhaqiqat, ajoyibdir. Uning ko‘rsatayotgan o‘yinlari tahsinga sazovor va u gollar urishda davom etaveradi.

Pyer-Emerik Obameyang

Obameyang 4-4-2 nashriga bergan intervyusida 2016-yilgi «Oltin to‘p» uchun nomzodlar orasida aynan Ronalduni eng yuqoriga qo‘yganini aytib berdi: So‘nggi paytlarda ismi «Real» bilan bog‘lanayotgan gabonlik futbolchi yaqin orada CR7ning jamoadoshiga aylansa ham ajab emas.

Kilian Mbappe

Internetda Mbappe haqida biroz qidirsangiz, Mbappening «Real» libosida Ronaldu bilan birga tushgan fotosiga ko‘zingiz tushadi. Balki, yaqin orada Mbappening bolalikdagi orzusi ushalib, portugaliyalik futbolchi bilan birga to‘p surar? Biror narsa deyish qiyin, biroq hujumchi vazifasini unga ishonib topshirdik.

Messi jamoasi

Murabbiy: Pep Gvardiola

Messi jamoasining zaxira o‘rindig‘ida Gvardioladan boshqa murabbiyni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Kataloniyalik murabbiy «Barselona»ga murabbiylik qilgan davrida ikkalasi birgalikda olamshumul ishlarni bajargandi. Aynan uning qo‘l ostida Messi «Barselona»ning muhim bo‘lagiga aylangan edi.

Darvozabon : Janluiji Buffon

«Messi insonlar bilan o‘ynashni ep ko‘rgan o‘zga sayyoralik. Yagona umidim, shanba kuni u boshqa yerliklar kabi o‘ynaydi. Undan qo‘rqmayapman desam, aldagan bo‘laman.» Ushbu fikrlarni italiyalik darvozabon 2015-yilgi Chempionlar Ligasi finalidan oldin bildirib o‘tgandi.

Himoyachilar : Jorjio Kellini

Bu mavsumda «Barselona»ga qarshi Chempionlar Ligasining chorak finalida to‘qnash keladigan «Yuventus» bundan ikki yil oldin finalda ro‘baro‘ kelgandi. Ushbu bellashuvdan oldin, turinlik himoyachi Leo Messiga bo‘lgan hayratini yashirib o‘tirmadi: «Messi futbol dahosi. Uni Pele yoki Maradona bilan taqqoslash qiyin, biroq so‘nggi 30 yilning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi.»

Erik Abidal

Abidal mazmunli faoliyat yuritdi, bir qancha buyuk futbolchilarga qarshi to‘p surdi, shaxsiy hayotida esa bir qator jiddiy sinovlarni yengib o‘tdi. Undan ham hayratlanish mumkin. Biroq, mavzumiz u haqida emas. Abdial ham Messiga haqida bisotidagi iliq fikrlarini ayamadi: «Men uchun Messi top futbolchi. Men Zidan, Anri, Anelkalar bilan birga shug‘ullanganman. Har biri alohida sifatlarga ega edi. Lekin Messi men uchun doimo 1 raqamli va shunday bo‘lib qoladi.»

Dani Alvesh

Alvesh ham uzoq yillar «Barsa» libosida harakat qildi va sobiq jamoadoshi tarkibida. Kataloniyaning Sport nashri bilan bo‘lgan suhbatda, hozirda «Yuventus» sharafini himoya qiluvchi Alvesh Messi bilan o‘rtasidagi munosabatlar haqida to‘xtalib o‘tdi: «Messi noodatiy iqtidorga sohib. Shu bilan birga o‘ta kamtar futbolchi.»

Yarim himoyachilar: Tiago Alkantara

«La Masia» tarbiyalanuvchisi, Mazinyoning o‘g‘li Tiago katalon «ildiz»lariga sodiq qoldi. Globoesport nashriga bergan intervyusida:»Messi Ronaldudan yaxshiroq, deb o‘ylayman. Messi raqobatbardosh, u hamisha g‘alaba qozonishni istaydi. Barcha ishni chiroyli uslubda bajaradi. U tezkor va reaktiv. Qisqasi, unda barcha yaxshi xususiyatlar mujassam», deya o‘z mulohazalarini bildirdi.

Ronaldinyo va Deku

Messining jamoasiga bu ikki futbolchini kiritmaslik mumkin emas. «Barselona»da professional faoliyatini boshlaganida Messi dastlab 30 raqamda keyinchalik, 20 (Deku), 10 (Ronaldinyo) raqamlarda harakat qildi. Ustozi va do‘stlari bo‘lgan bu ikki futbolchidan Messi ko‘p narsalarni o‘rgangan.

Yahyo Ture

«Barselona»ning sobiq a’zosi Yaya Ture ham Messi haqida ajoyib fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. «Men hamisha Leo Messi uchun ovoz beraman. Bu mening «Barselona» bilan bog‘liq faoliyatim tufayli emas, shunchaki Messi boshqalardan ustun ekanligi uchun aytyapman.

Hujumchilar: Samyuel Eto-O

Qirol Samyuel maqtovlarini har kimga ham aytadiganlar sirasidan emas. Buni u Messi bilan emas, Messi u bilan o‘ynaganini aytgan gapi isbot bo‘ladi. Biroq, Messining Ronalduga qarshi kurashida, kamerunlik futbolchi besh karra «Oltin to‘p» sohibi tomonida. «Men uchun Messi eng yaxshisi bo‘lib qoladi. U xuddi o‘g‘lim kabi. Men uni bunday ajoyib jamoaga qanday kirib kelganini ko‘rganman» deya Telefoot nashriga fikrlarini bildirib o‘tgandi.

Serxio Aguero

Messining vatandoshi va do‘sti Aguero ham uning jamoasida. FIFA rasmiy veb-sahifasiga bergan intervyusida quyidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: «U barchadan oldinda. Buni u do‘stim bo‘lgani uchun aytayotganim yo‘q. Men buni mashg‘ulot paytida o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rganman. U men ko‘rmagan ishlarni bajaradi. U eng yaxshisi.»

Edinson Kavani

Janubiy Amerika birodarligimi? Balkim, uning fikrlari xolisdir. Nima bo‘lganda ham, Kavani «Oltin to»p» uchun bahsda Messiga ovo bergan va uning jamoasidan o‘rin oldi. «Eng zo‘ri Messi. U aqlbovar qilmas futbolchi. CR7 ham ajoyib, biroq men uchun Messi baribir eng zo‘ri.»

O‘yin:

Ikki jamoa ham ajoyib tarkibga va murabbiylarga ega. Sizningcha, qaysi biri g‘olib chiqadi? Messi jamoasi yoki Ronalduniki?

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 14:48, 27.03.2017.
O'qildi: 18351 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.