Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Eski hammom, eski toz

Eski hammom, eski toz

Baho:
+ | -

Milliy terma jamoamiz Suriyadan mag‘lub bo‘lgandan keyin hamma qatori men ham iztirobga tushdim. Turli mavzudagi maqolalarni o‘qiyapman, har kim o‘z fikrini oshkora aytyapti. Shu jumladan, men ham o‘z fikrimni bildirgim keldi.

Xo‘sh, o‘zi bizning oyog‘imizdan tortib qolayotgan kamchiliklarimiz nima? Bu haqda bir necha oy oldin "Bizning uslub" degan maqola yozgandim. Ha, bizning hech qachon foydasi tegmasa-da, voz kecha olmayotgan "sevimli uslubimiz" bor.

Bu nima bo‘lsa bo‘ldi, hujumlar qilaverib omadni raqib darvozasi yonidan izlayveramiz deydigan uslub. Hujumlar qilaveramiz, hujumlar qilaveramiz... Kutilmaganda raqibni shoshirib qo‘yish, taktik ayyorlik degan narsa umuman yo‘q. Bu formulamiz allaqachon Osiyo grandlariga, ayniqsa, arab jamoalariga ma’lum bo‘lib ulgurgan. Ular ana shu uslubda o‘ynashimizni oldindan sezaldilar-da, iloji bo‘lsa himoyada "avtobus" qo‘yib olib bitta xatomizdan unumli foydalanib, g‘alabani ilib ketishadi. Savol: bu "sevimli uslub" bilan biz JCHda qandoq o‘ynaymiz?

Yana bitta savol: bizda avlodlar almashinuvi davri qanday kechyapti? 33 yoshli Aleksandr Geynrix, 35 yoshli Server Jeparov kabilarga munosib o‘rinbosarlar topildimi-yo‘qmi? Axir yoshlar va o‘smirlar terma jamoalarimiz o‘z yosh toifalarida JCHlarda ishtirok etib qaytdi.

O‘smirlar terma jamoamiz Osiyo chempioni bo‘ldi. Bu jamoalar safida to‘p tepgan futbolchilar nega shu paytgacha milliy terma jamoamizga jalb etilmadilar. Biz Abbos Maxsitaliyev, Temur Hakimov, Oleg Zoteev, Sunnatilla Mamadaliyev, Davron Mirzayev, Sherzod A’zamov, Sherzod Karimov kabi nomlardan ko‘p narsa kutgandik. Achinarli tomoni, bularning orasida shu paytgacha terma jamoaga nomzod bo‘lish u yoqda tursin, terma jamoamiz eshigidan bo‘ylab ko‘rmaganlari bor. Demak, yosh futbolchilarimiz orasida o‘z iqtidorlarining qadriga yetmaydiganlari, o‘z ustida ishlamaydiganlari talaygina.

Yoki keyingi yillarda futbolimizda Sanjar Tursunov, Sardor Rashidov, Shohrux Gadoyev, Shuhrat Muhammadiyev kabi yangi nomlar kashf etildi. Hozir nega ularni ana shunday mas’uliyatli o‘yinlarda terma jamoamizga yordam berishmayapti? Yoki ular o‘sishdan to‘xtab qolishdimi?

Ana endi raqibimiz bo‘lgan Eron terma jamoasidagi avlodlar almashinuvi jarayoniga qarang. Bir vaqtlar, Ali Dayi, Aziziy, Karim Bageriy kabi mahoratli ijrochilar yetishib chiqqan yurt jamoasida bugun yangi nomlar kashf etilgan. Ular JCH-2018 tomon dadil odimlashmoqda.

Biz ham kelgusi o‘yinlarda yangilik yaratib, mundial sari odimlaylik-da endi. Buning uchun, eski hammom, eski toz — eski uslubdan voz kechaylikda, yosh iqtidorlarni MTJga jalb etaylik. Yoshlarga talabimiz - sizlar bir vaqtlar o‘tmishga aylanib ketgan yoshlar yoki o‘smirlar o‘rtasidagi ishtirok bilan mag‘rurlanib yurmanglar-da, ana endi milliy terma jamoamiz sharafini, jonajon O‘ZBEKISTON sharafini jahon maydonlarida munosib himoya qilishga kirishinglar.

SAFARALI SIDDIQOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:41, 27.03.2017.
O'qildi: 23845 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.