Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

“Nasaf” – “So‘g‘diyona”. Prevyu

“Nasaf” – “So‘g‘diyona”. Prevyu

Baho:
+ | -

“Nasaf” 4-tur uchrashuvini  Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 30 mart payshanba kuni “G‘uzor” markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

O‘zPFL 4-tur. 30.03.2017

“Nasaf” (Qarshi) – “So‘g‘diyona” (Jizzax)  

G‘uzor sh., “G‘uzor” markaziy stadioni. 17:00da

Bosh hakam: Rustam Bobomurodov (Navoiy)

Qanot hakamlari: Aleksandr Burov (Toshkent), Server Yeremeev (Toshkent)

Zaxira hakami: Elyor tursunov (Buxoro)

Nazoratchi: Arlan Xotamov (Toshkent)

O‘zPFL vakili: Nail Lutfullin

 

Uchrashuv bosh hakami haqida:  Rustam Bobomurodov o‘tgan yilgi chempionatda “Nasaf” ishtirokidagi uchta o‘yinni boshqargan. Bu uchrashuvlarning barchasida jamoamiz g‘alaba qozongan.

 

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Jamoalar milliy chempionat doirasida bungacha o‘zaro 32 marotaba kuch sinashgan. Shulardan 25ta o‘yinda “ajdarlar”ning qo‘li baland kelgan. 1ta o‘yinda o‘zaro durang qayd etilgan. Ushbu tarixiy durang 1998 yil Qarshida qayd etilgan. 6 uchrashuvda “So‘g‘diyona” jamoasi g‘alaba qozongan. O‘zaro uchrashuvlarda 98 marta darvozalarga gol kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik jamoamiz tomonida – 69:29.

“So‘g‘diyona” futbolchilari so‘nggi marta 2008 yil 29 avgustda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Nasaf”ni mag‘lubiyatga uchratgan. Shundan keyingi o‘zaro bo‘lib o‘tgan 12 uchrashuvda jamoamiz ketma-ket g‘alaba qozonib kelmoqda.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi Jizzaxda bo‘lib o‘tgan, o‘tgan yilgi mavsumdagi o‘zaro uchrashuvda, “Nasaf” 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Uchrashuvdagi jamoamiz gollariga Shaxboz Erkinov (2) va Fozil Musayevlar muallif bo‘lishgan.

 

Qarshida bo‘lgan o‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar Qarshida o‘zaro 16ta uchrashuvda maydonga tushishgan. Bu uchrashuvlarda 1 marta “So‘g‘diyona” jamoasining, 14 marta “Nasaf”ning qo‘li baland kelgan. Qarshida o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarning faqat bittasida golsiz durang qayd etilgan. Qarshidagi uchrashuvlarda darvozalarga jami 56ta gol kiritilgan. Gollar nisbati bo‘yicha ustunlik jamoamiz tomonida – 41:15.

Ushbu jamoalar 1997 yilgi mavsumdan o‘zaro maydonga tushgan bo‘lsalarda, “Nasaf” safardagi ilk g‘alabasini 2000 yilgi mavsumda qo‘lga kiritgan. Bu uchrashuvda jamoamiz kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozongan, uchrashuvdagi golni Rustam Abdullayev kiritgan.

“So‘g‘diyona” jamoasi Qarshidan so‘nggi bor 2004 yili g‘alaba bilan qaytgan. Bu uchrashuv 2:3 hisobida jizzaxliklar foydasiga hal bo‘lgan. Qarshida qayd etilgan ilk va yagona durang 0:0 natija esa 1998 yili bo‘lgan.

 

O‘zaro qayd etilgan yirik hisoblar

Jamoamiz jizzaxliklarni eng yirik 4:1 hisobida mag‘lub etgan. “So‘g‘diyona” esa 3:2 yirik hisobidagi g‘alabaga erishgan.

2000 yili Qarshida o‘tgan bahsda “Nasaf” ilk marta “So‘g‘diyona”ni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etgan. Ushbu bellashuvda darvozabonimiz Petr Gizimchuk 11 metrlik jarima to‘pini golga aylantirgan.

O‘zaro o‘yinlarda “ajdarlar” besh marta yirik hisobda g‘alaba qozongan (3:0 – 2000, 2009, 2016 yil, 4:1 – 2004, 2009).

Yana bir qiziqarli fakt, ushbu jamoalarning o‘zaro uchrashuvlarda eng “yaxshi ko‘rgan” hisobi – 2:1 yoki 1:2dir. O‘zaro o‘tkazilgan 31 uchrashuvda bu hisob 9 marta takrorlangan.

 

O‘zaro uchrashuvlarda eng ko‘p gol urgan futbolchilar

O‘zaro o‘yinlarda Zafar Xolmurodov jizzaxliklar darvozasini 8 marta nishonga olgan. Hanuzgacha hech bir futbolchimiz jizzaxliklar darvozasini shuncha ishg‘ol eta olmagan. Shuningdek,  Baxtiyor Davlatov va ayni paytda jamoamizga bosh murabbiylik qilayotgan Ro‘ziqul Berdiyev va jamoamizning sobiq futbolchisi Bahodir Annamatovlar o‘zaro o‘yinlarda 3 martadan “So‘g‘diyona” darvozasini ishg‘ol qilgan.

 

Jamoalarning turnir jadvalidagi holati

O‘zingizga ma’lum, “Nasaf” o‘tkazgan 2 uchrashuvida 6 ochko jamg‘arib, 3-o‘rinda bormoqda. “So‘g‘diyona” jamoasi uch uchrashuvdan keyin 3 ochko bilan turnir jadvalining 12-pog‘onasini egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, jamoamiz 2-turda “Buxor” jamoasini qabul qilib, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

“So‘g‘diyona” jamoasi o‘tgan 3-turdagi uchrashuvni o‘z maydonida “Olmaliq” jamoasiga qarshi o‘tkazib, 3:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.

 

Navbatdagi uchrashuvning boshlanish vaqti

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi navbatdagi uchrashuv 30 mart payshanba kuni G‘uzor shahridagi “G‘uzor” markaziy stadionida soat 17:00da boshlanadi.

Bundan bir kun avval, ya’ni 29 mart kuni jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu uchrashuv Qarshi shahridagi “Geolog” stadionida soat 16:00da boshlanadi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 12:33, 28.03.2017.
O'qildi: 5336 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.