Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Tilini tiymaydigan Pike

Tilini tiymaydigan Pike

Baho:
+ | -

"Barselona" himoyachisi Jerar Pikening "Real"ga qarshi iqtiboslari jamlanmasi.

14 yanvar, 2013 – Mourinyo haqida
"Real" g‘alaba qozonganda Mourinyo o‘ziga hamma narsani ep ko‘rgan. Bir marta u Vilanovaning ko‘ziga qo‘llarini tiqmoqchi bo‘lgan. Uni necha o‘yinga diskvalifikasiya qilishdi? Bir martaga ham emas. Endi u Kasilyasga qarshi bo‘lmoqda, jurnalistga do‘q qilmoqda, odamlar uni tanqid qilmoqdalar. U o‘ziga hamma narsani p ko‘rar edi".

16 iyun, 2013 – Mourinyo "Real" murabbiyligida Ispaniya termasiga zarari tekkanligi haqida
"Men barcha o‘yinchilarning yetukligiga ishongandim. Bir marta ahvol shu darajaga yetdiki, biz chegarani buzib o‘tishimizga sal qoldi. Terma jamoada Mourinyo tufayli muhit juda yomon edi.

Oqibatda aql ish berdi va biz "bas!" dedik. Ammo buni Mourinyo emas, noto‘g‘ri qilayotganlarini tan olgan futbolchilar to‘xtatdilar.

Ammo biz ham bunda o‘zimiz ham aybdor edik. Bir marta biz "Real" futbolchilaridan ustun ekanimizni va ulardan ko‘proq sovrinimiz borligini aytgan edim".

17 sentyabr, 2013 – homiylar haqida
"2002 yilda "Real" futbolchi sotib olish uchun 1,3 milliard yevro sarflaganini o‘qidim. Albatta, "Barselona" ham pul sarflaydi, ammo bizda Bankia yo‘q ("Real" transferlarini moliyalashtirishda shubha qilinadigan bank).

Bizda Messi, Xavi, Inyesta, Pedro, Buskets, Pyol, Valdes bor - ular klub uchun 0 yevroga tushishgan.

Ha, Ibrohimovich, Vilya, Neymar transferlari bo‘lgan, ammo bir yilda bir marta bunday xaridlar bo‘lgan. Isko, Ilyaramendi va Beyl sotib olingandan keyingi mavsumda hech narsa yutmaslik holati bizda bo‘lmagan"

26 sentyabr, 2013 – "Real"ning "Elche" ustidan g‘alabasi haqida (Ronaldu 97daqiqadan penaltidan gol urgan - 2:1)
"Ispaniya chempionatida ajoyib komediya ko‘rdim. Ayniqa kechki tomon juda tomoshabop ko‘rinar ekan".

24 oktyabr, 2013 – o‘rinbosarlar tayyorlash haqida
"La Masiya" ajoyib avlod yetishirgan. Messi, Puyol, Inyesta, Xavi, Valdes, Pedro – "Barselona" ular uchun hech narsa sarflamagan. "Real" bitta yozda 160 millionga Ilyaramendi, Isko va Beylni sotib olgan".

2 noyabr, 2013 – "Real" hech narsa yuta olmasligi haqida.
"Gvardiola davridagi "Barsa" bilan taqqoslayverishlari bizga ta’sir qilmaydi, biz bunga ko‘nikkanmiz. "Real"ni olib ko‘ring. Besh yilda bir marta chempionat g‘olibi bo‘lganimizni va bitta kubok olganimizni Madridda gaprishlarini tasavvur qilib ko‘ring".

10 noyabr, 2013 – "Real" bilan raqobat to‘g‘risida
"Biz dunyoning eng boy klubiga qarshi turyapmiz. Biz faqat o‘z tarbiyalanuvchilarimizni yaxshi avlodi tufayli raqobat qilyapmiz".

13 avgust, 2015 – UYEFA Superkubogida "Sevilya" ustidan g‘alabadan so‘ng (5:4).
"Kelinglar, yigitlar, bayram qilamiz. Jin urgur "Real" bizning bayramimizni ko‘rib qo‘ysin".

10 sentyabr, 2015 – o‘ziga bo‘lgan hushtakbozlik haqida
"Men baxtiyorman va hayotga mamnun qarayman. Kecha qo‘ziqorin terishga bordim va uch savat to‘ldirdim. Kecha terma jamoa o‘yinida "Barselona" va "Real" raqobati tufayli hamda bu mavzudagi gaplarim uchun menga hushtak chalishdi. Makedoniya bilan uchrashuv oldidan Ramos meni himoya qildi. Terma jamoada u bilan juda yaxshi munosabatdamiz.

Aytgan so‘zlarimdan afsuslanmayman. Men "Real"ning "Yuventus"ga qarshi o‘yinini Buffonning futbolkasini kiyib ko‘rdim va madridliklarning yutqazishini istadim. "Real"ning "Atletiko"ga qarshi uchrashuvi oldidan Kasilyasga "Umid qilamanki, sen to‘rtta gol o‘tkazasan" degandim. U xuddi shunday qildi Biz hamon bu gaplarimni kulib eslaymiz.

Men o‘zimni oqlamayman, chunki yomon so‘zlar aytmaganman. Kataloniya va Ispaniya mavzusida hazillashish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Ammo mening barcha hazillarim "Barselona" va "Real" qarama-qarshiligiga tegishli. Men hech kimni haqorat qilganim yo‘q.

"Santyago Bernabeu"da "Barselona" o‘yinchilariga qarshi hushtak chalishsa, bu menga yoqimli kuy kabi eshitiladi. Ispaniya terma jamoasidan ketish fikri - bu kallamga eng oxiri keladigan o‘y".

13 dekabr, 2015 – Arbeloa haqida
"Arbeloa meni o‘z do‘sti deb atabdi. Ammo men uni do‘stim deb hisoblamayman. U mening tanishim, ammo do‘stim emas".

29 fevral 2016 – Neymar hech qachon o‘tmaydigan jamoa haqida
"Neymar "Real"ga o‘tsa qo‘limni kesib tashlayman. Unga Barselona juda yoqadi, u klubimizni sevib qolgan. U "Barselona"da uzoq yillar o‘ynaydi deb o‘ylayman".

26 mart, 2016 – nima uchun televizorni sindirgani haqida
"Barselona"dagi birinchi mavsumda Ikerga gol urganimni va biz 6:2 hisobida g‘alaba qozonganimizni eslayman. O‘shanda "Real" chempionlar ligasida g‘olib chiqqan edi, bu menga yoqimsiz bo‘lgan edi, albatta. Men finalni Los-Anjelesda ko‘rgandim va Ramosni golidan so‘ng televizorni sindirgandim".

5 aprel, 2016 – Messi va Ronaldu haqida
"Ular ikkisi ham aqlbovar qilmas o‘yinchilar. Biz zamonning emas, balki, futbol tarixidagi eng yaxshi ikki o‘yinchisi haqida gapiryapmiz.

Messining iqtidori boshqa hech kimda yo‘q ekanini avval ham aytgandim. U aqlbovar qilmas tezlikda to‘pni olib yuradi, uni ikki metrdan uzovlashtirmaydi. Uni to‘xtatib bo‘lmaydi, hech kimda bunday iqtidorni ko‘rmadim.

Ronaldu - boshqacha o‘yinchi, mutlaqo boshqacha U baland bo‘yli, kuchli - yetuk o‘yinchi. U hamma narsani bajarishi mumkin. U boshi bilan, jarimalardan, penaltidan ketmaket gol urishi mumkin.

Shaxsan men Messini odam hisoblamayman, Ronaldu esa - odamlar orasida eng yaxshisi".

24 avgust, 2016 – "Real"ning YECHL-2015/16 mavsumidagi yo‘li haqida
"Oson guruh. 1/8 finalda - Italiyaning uchinchi jamoasi, chorak finalda - Germaniyaning sakkizinchi jamoasi, yarimfinalda - Angliyaning to‘rtinchi klubi. Buning ustiga barcha javob o‘yinlarini uyida o‘tkazdi".

14 oktyabrya 2016 – nima uchun provakasiya qilishi haqida
"Provakasiya qilishni yaxshi ko‘rishimni aytganman. Sportcha nuqtai nazarda bosim bo‘lgani yaxshi, bu menga yoqadi. Busiz odamlar futbolni sevmaydilar.

"Barsa" va "Real" raqobatisiz o‘yinlar o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.

"Mourinyo va Gvardiola vaqtidagi el-klasikolarda ham biz futbolchilar bir-birimizni tushunganmiz".

7 noyabr, 2016 – Messining "Oltin to‘p"lari haqida
"Agar "Oltin to‘p" har yili faqat eng yaxshi o‘yinchiga berishganlarida , bu sovrinni 2009 yildan so‘ng har yili Messi olishi kerak edi. Boshqacha saviya".

27 fevral, 2017 – chempionatdagi hakamlik haqida
"Bir xil jamoalar bilan o‘yinda (hakamlar tufayli) "Real" qo‘shimcha 4 ochko ishlab oldi, "Barselona" shuncha ochko yo‘qotdi".

Manba: sports.ru
Kiritildi: 06:30, 30.03.2017.
O'qildi: 15549 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.