Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio 1-1 Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano 2-1 Selta
11/01 18:00 Alaves 0-1 Jirona
11/01 19:00 Empoli 1-3 Lechche
11/01 19:00 Udineze 0-0 Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid 1-0 Betis
11/01 22:00 Torino 1-1 Yuventus
11/01 22:30 Espanyol 1-1 Leganes
12/01 00:45 Milan 1-1 Kalyari
12/01 01:00 Sevilya 1-1 Valensiya
12/01 16:30 Jenoa - Parma
12/01 18:00 Las-Palmas - Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya - Inter
12/01 20:15 Atletiko - Osasuna
12/01 22:00 Bolonya - Roma
13/01 00:45 Napoli - Verona

Murabbiylarning ajabtovur taqiqlari

Murabbiylarning ajabtovur taqiqlari

Baho:
+ | -

Joze Mourinyo «MYU» futbolchilariga «pokemon» o‘ynashni taqiqlagach, Gvardiola hamkasbidan qolishmay, «shaharliklar» bazasida internetning uzib qo‘yilishiga sababchi bo‘ldi. Bundan tashqari, ispaniyalik mutaxassis shogirdlarining rangli butsalarda to‘p surishlarini cheklamoqchi. Soccer.ru shunga o‘xshash taqiqlarni jamlab, uni muxlislar e’tiboriga havola qildi.

Dyupra va «naushnik»lar

Yaqinda «Tuluza» bosh murabbiyi Paskal Dyupra shogirdlariga avtobusda stadionga ketayotganda, mashg‘ulotlardan avval va keyin musiqa tinglashni taqiqladi. Mutaxassis ushbu qarorini quyidagicha izohladi: «Men ham musiqani yaxshi ko‘raman, lekin futbolchilarimning faqat shu bilan cheklanib qolishlarini istamayman. Otasi bilan o‘yin tomosha qilgani kelgan bolakay dast­xat olishni xohlaydi, shunday pallada shogirdlarim muxlis ehtiyojini qondirishlari lozim. Ota farzandiga bergan va’dasini bajarganidan quvonadi, kichkintoy esa orzusi ushalganidan xursand bo‘ladi. Eng asosiysi, ushbu holatdan so‘ng futbolchi haqiqatan atrofdagilar e’tiborida ekanini anglaydi. Xullas, bundan hamma yutadi». Mantiqan to‘g‘ri. Xuan Mataning nogironlar aravachasidagi yigitcha bilan suratga tushganini eslang. Agar u ham «naushnik» taqqancha ishqibozlar yonidan indamay o‘tib ketaverganida, xayrli ishdan yiroq bo‘larmidi...

Venger va yeng

Ayni payt «Arsenal» muxlislari tanqidiga ko‘milgan Arsen Vengerga nimanidir taqiqlagandan ko‘ra, zararli illatlardan xoli futbolchini xarid qilish ma’qulroq. Ammo u o‘z vaqtida mashg‘ulotlarga shokolad olib kelganlarga qarshi chiqqan. Shogirdlari esa avtobusda ketayotib, murabbiyga hazil aralash «Shirinligimizni qaytaring», deya murojaat etishgan. Boshqa bir vaziyatda Flaminining odati fransiyalik mutaxassisni ranjitgan. «Arsenal»ning barcha a’zolari uzun yengli libosda maydonga tushishga ko‘nikishgandi. Biroq butun faoliyati davomida kalta yengni ma’qul ko‘rgan Matye qo‘liga qaychi olib, futbolkani o‘ziga qulay holga keltirgan. Ushbu holat ekipirovkalarga mas’ul bo‘lgan shaxsga yoqmagach, Venger xavbekka tanbeh bergan. Lekin Flamini bunga e’tibor bermay, libos yengini kaltalashda davom etgan.

Domenek va burj

Futbolchilar hamma taqiqlarga ham amal qilishavermaydi. O‘z vaqtida Fergyuson Nanidan gollarini salto bilan nishonlamasligini so‘ragandi, Luish esa ikki hafta o‘tar-o‘tmas, ustozining qaroriga zid ish tutdi. Nil Lennon shogirdlariga maydonga bosh kiyimsiz tushishni buyurganida, futbolchilar uning aytganini qilishmagan. Hammasidan yomoni - murabbiyning muayyan burj vakillariga qarshi bo‘lishi. Fransiya termasining sobiq ustozi «Chayon» burjida tug‘ilganlardan qo‘rqqan. Buning natijasida 29 oktyabr kuni tavallud topgan Pires jahon chempionatidan chetda qolgan.

Rednapp va tarozi

Xarri Rednapp «Vest Xem»da ishlayotgan kezlari Nil Raddokning odatini yaxshi bilardi. 188 sm. bo‘yga ega mashhur himoyachi uchun ovqatlanish birinchi o‘rinda turardi. Uchragan taomni paqqos tushirishi oqibatida vazni ortaverardi. Ushbu futbolchi «bolg‘alar» safidan «Kristal Pelas»ga o‘tayotganida Rednapp «burgutlar»­ga shartnoma tuzish chog‘ida vazn borasida band qo‘shish bo‘yicha tavsiya bergan. Agar Nil 100 kg.lik chegaradan o‘tsa - jarima to‘laydi. Jiddiy taqiq, ammo Raddok ikki oy ichida uni sakkiz marta buzgan.

Di Kanio va mayonez

Deyarli barcha klublar va termalar tegishli tekshiruvdan o‘tgan oshpazlar va diyetologlar bilan ishlashadi, shu tariqa Beyl, Ronaldu yoki Messining likopchasiga tasodifan taqiqlangan va zararli mahsulot tushib qolishining oldi olinadi. Paolo Di Kanio esa «Sanderlend»­da ishlayotganida hammasi - kola, mayonez va ketchupdan voz kechdi. Bundan tashqari, u shogirdlaridan o‘yin o‘tkaziladigan kuni qahva ichmaslikni talab qildi. Shuningdek, italiyalik mutaxassis mobil telefonlarga qarshi turgan - kimdir mashg‘ulot paytida undan foydalansa, uskunani suvga irg‘itib yuborishini aytgan. Umuman, bu odat aksariyat murabbiylarning asabini buzadi. Xususan, Vrba ham «Anji» kiyinish xonasida telefonlar o‘chirilishini qat’iy nazorat ostiga olgan.

Passarella va soch turmaklari

Agar hozir Argentina termasini afsonaviy himoyachi, jahon chempioni Daniel Passarella boshqarganida, Messi tarkibdan chetda qolardi. «Albiseleste» ustozi JCH-98 paytida uzun va bo‘yalgan sochli futbolchilarga qarshi bo‘lgan. Batistuta istisno tariqasida, ya’ni soch­larini kaltalash hisobiga termadan joy olgan bo‘lsa, Redondo va Kanija umuman safdan chiqarilgan. Hozirgi davrda soch turmagi bo‘yicha taqiq qo‘yishga hech qaysi murabbiy botinolmasa kerak. Zero Pogba va Neymarga o‘xshagan ko‘plab futbolchilar uchun imidjni shu tariqa yangilash allaqachon odat tusini olgan. Bu kabi o‘zgarish e’tiborni o‘ziga tortadi, demakki, klub va homiylarga daromad keltiradi.

Montella va uxlash vaqti

«Milan»ning hozirgi ustozi ham «Fiorentina»da ishlagan kezlari noodatiy soch turmaklariga doimo qarshi chiqqan. Eng e’tiborlisi esa, Vinchensoning shogirdlariga xuddi bolakaylardek munosabatda bo‘lgani. Ulardan, dam olish kunlari ham, kechki soat sakkizda uxlashni talab qilgan. Hattoki, YECHL bahslarini ko‘rishga ruxsat bermagan. Albatta, barcha futbolchilar ham bunga amal qilishgan, deyish qiyin. Chunki ularni muntazam nazorat ostida ushlash imkonsiz.

Gvardiola va Wi-Fi

Buncha qattiqqo‘l bo‘lmasa, bu Xosep deganlari. Luchesku ham Mourinyo va Gvardiola haqida gapirarkan, ispaniya­lik hamkasbini takabburroq, deb atadi. Agar Pep erishgan muvaffaqiyatlarni inobatga olsak, bu foyda keltirayotgani oydinlashadi. Gvardiola endilikda «Manchester Siti»da «boss» ekanini ochiqchasiga ta’kidladi. Bu haqda Xartga shaxsan o‘zi aytdi, so‘ngra maydonda turli o‘zgarishlarga qo‘l urdi, Yaya Ture agentining gapi uchun jazolandi, hammasidan oshib tushgani - bazada internetning uzib qo‘yilishi. Vaziyatga jiddiy qarab, ushbu taqiqning samarali ekanini tan olish lozim. Zero Gvardiola jamoaning tez-tez o‘zaro suhbatlashishini ta’minlamoqchi. Axir oshna-og‘aynilar ham to‘planishganida, chalg‘imaslik uchun mobil telefonlarini chetga surib turishadi-ku. Ammo Xosepning rangli butsalarni taqiqlashiga ko‘nishmasa kerak - «Manchester Siti» homiylari va futbolchilar uni sudga berishadi. Fergyuson o‘z vaqtida shunday cheklov o‘rnatgan, ammo uni ikkinchi jamoadagilarga nisbatan qo‘llaganini unutmaslik darkor.

Mourinyo va pokemonlar

«Benazir» «MYU» a’zolari haqidagi dastlabki taassurotlari bilan o‘rtoqlasharkan, ajoyib psixolog ekanini namoyon etish barobarida, futbolchilarning aksariyatini o‘g‘lidek ko‘rishini aytgan. Garchi Mourinyoning sochiga oq oralagan bo‘lsada, texnik uskunalarni yaxshi tushunadi. Martial, Pogba va Shouning «Pokemon» o‘ynashayotganidan xabar topgach, «ov»ni chekladi. Joze bosh­qarayotgan milliard yevrolik loyiha bor joyda anime-qahramonlarga o‘rin yo‘q. Albatta, Mourinyo haq. O‘yinga mukkasidan ketgan futbolchi ko‘ngildagidek mashg‘ulot o‘tkazolmaydi. Vaqtni bu zayl zoye ketkazishni foydali deb bo‘lmaydi, shunchaki, ayrimlar «pokemonlar»ni axtarish orqali dam olishadi. Ammo «Benazir»ning jamoasida bunga yo‘l qo‘yilmaydi. Balki, Joze ham shu o‘yinga befarq emasdir? Ehtimol, bazadagi «Pikachu»larning hammasini o‘zi tutmoqchidir?

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:52, 30.03.2017.
O'qildi: 7437 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.