Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Bugun “Nasaf” – “So‘g‘diyona” uchrashuvi bo‘ladi

Bugun “Nasaf” – “So‘g‘diyona” uchrashuvi bo‘ladi

Baho:
+ | -

Bugun mamlakatimiz futbol maydonlarida oliy liga 4-tur uchrashuvlariga start beriladi.

“Nasaf” bugun “So‘g‘diyona” jamoasi bilan bahs yuritadi. Bir vaqtlar futbolchi sifatida “Nasaf” jamoasi sharafini himoya qilgan, ikki sobiq jamoadosh bugun o‘z shogirdlarini murabbiy sifatida maydonga boshlab tushishadi.

“Nasaf” – “So‘g‘diyona jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv G‘uzor shahridagi “G‘uzor” markaziy stadionida soat 17:00da boshlanadi.

Bu ikki jamoa o‘rtasidagi uchrashuvlar doimo qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o‘tgan. Bunga sabab, har ikkala jamoa bir-birlarining maydonda qanday harakat qilishlarini juda yaxshi bilishadi.

Mazkur jamoalar bugun o‘zaro 33-uchrashuvda kuch sinashishadi. “Nasaf” esa oliy ligadagi 591-uchrashuvini o‘tkazadi. Qarshida bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvlar tarixiga nazar tashlasak, “So‘g‘diyona” jamoasi Qarshidan so‘nggi bor 2004 yili g‘alaba bilan qaytgan. Bu uchrashuv 2:3 hisobida jizzaxliklar foydasiga hal bo‘lgan. Qarshida qayd etilgan ilk va yagona durang 0:0 natija esa 1998 yili bo‘lgan.

Bugungi uchrashuvni navoiylik hakam Rustam Bobomurodov boshqaradi. Rustam Bobomurodov o‘tgan yilgi chempionatda “Nasaf” ishtirokidagi uchta o‘yinni boshqargan. Bu uchrashuvlarning barchasida jamoamiz g‘alaba qozongan.

O‘zPFL 4-tur. 30.03.2017
“Nasaf” (Qarshi) - “So‘g‘diyona” (Jizzax)
G‘uzor sh., “G‘uzor” markaziy stadioni. 17:00da
Bosh hakam: Rustam Bobomurodov (Navoiy)
Qanot hakamlari: Aleksandr Burov (Toshkent), Server Yeremeev (Toshkent)
Zaxira hakami: Elyor tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: Arlan Xotamov (Toshkent)
O‘zPFL vakili: Nail Lutfullin

Barcha “Nasaf” futbol klubining muxlislarini G‘uzorga taklif etib qolamiz. Darvoqe, jamoamizning bugungi uy uchrashuvi so‘nggi marta G‘uzorda bo‘ladi. Keyingi uchrashuvlar Qarshida o‘tadi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 12:16, 30.03.2017.
O'qildi: 5835 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик