Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Eldor Shomurodov: «Muxlis borki, hamisha o‘z jamoasidan faqat g‘alaba kutadi

Eldor Shomurodov: «Muxlis borki, hamisha o‘z jamoasidan faqat g‘alaba kutadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi 28-mart kuni Qatar terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempionati saralash bahslarida o‘z imkoniyatini biroz bo‘lsada yaxshilib oldi.

Mazkur o‘yinda to‘liq ishtirok etgan Toshkentning «Bunyodkor» klubi yarim himoyachisi Eldor Shomurodovning o‘yindan keyingi fikrlari bilan qiziqdik.

Eldor Shomurodov (O‘zbekiston m.t.j. yarim himoyachisi):

- Avvalo, Suriya termasidan qabul qilingan mag‘lubiyatga qaramay, bizga ishonch bildirgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Ko‘p ming sonli hamyurtlarimiz stadionga tashrif buyurib, futbolchilarni qo‘llab-quvvatlab turishdi. g‘alabada ularning ham hissalari katta bo‘ldi. Ochig‘ini aytish kerak, Suriyadan qabul qilingan alamli mag‘lubiyatdan so‘ng qiyin bo‘lishini bilardik. Aksariyat muxlislar bizdan ranjishgandi. Ularning ishonchlarini qaytarish uchun faqat g‘alaba qozonishimiz shart edi. Guruhdagi vaziyatdan kelib chiqsak, bizni faqat 3 ochko qoniqtirardi. Muxlislarni biroz xushnud eta olgan bo‘lsak, bundan baxtiyormiz. Ha, chiroyli futbol namoyish etilmadi, lekin oxirigacha kurashib, yakunda kerakli g‘alaba qo‘lga kiritildi. Bilasizmi, biz futbolchilarga ijtimoiy tarmoqlarga kirish taqiqlangan. Bor e’tiborimiz o‘yinga qaratilgandi. Shunga qaramay, baribir, futbolchilar va murabbiylar manziliga bildirilgan tanqidlarni eshitdik. Bir tomondan, ularni to‘g‘ri qabul qildik. Muxlis borki, hamisha o‘z jamoasidan faqat g‘alaba kutadi. Ammo har doim ham yutuqqa erishib, ularni xushnud etishning iloji bo‘lavermaydi. Kuchli termalar va klublar ham mag‘lubiyatga uchrashadi. Har qanday holatda ham xato va kamchiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, keyingi uchrashuvlarda ularni takrorlamaslikka astoydil intilamiz.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 16:29, 30.03.2017.
O'qildi: 14318 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик