Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Oliy liga. “Nasaf” yirik hisobda "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etdi

Oliy liga. “Nasaf” yirik hisobda "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Bugun oliy liga 4-tur doirasidagi uchrashuvda “Nasaf” Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi bilan bahs yuritdi.

O‘yin qiziqarli va kurashlarga boy tarzda kechdi. Stadionga tashrif buyurgan muxlislar ham ajoyib futbol tomosha qilishdi.

Uchrashuv kutilganidek, mezbonlarning hujumlari bilan boshlandi. Mehmonlar butun jamoa bo‘lib himoyalanishga majbur bo‘ldi. Goh o‘ng qanotdan, goh chap qanotdan tashkil etilgan hujumlar ularni tahlikaga solib qo‘ydi.

O‘yin ana shu tarzda davom etayotgan bir paytda, mehmonlar Dragan Cheranni jarima maydoni yaqinida chalib yiqitishdi. Belgilangan jarima zarbasini Cheran chiroyli tarzda amalga oshirdi. To‘p jonli devor ustidan oshib o‘tib, darvoza to‘ridan joy oldi – 1:0.

“Nasaf” tomonidan ko‘pchilik bo‘lib tashkil etilgan navbatdagi hujumda, raqib himoyachilari tartibsiz harakat qilishdi. Bu vaziyatda Shaxboz Erkinov to‘pni havodan Odiljon Hamrobekovga tashlab berdi, Hamrobekov esa to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi – 2:0.

Ikkinchi bo‘lim, birinchi bo‘limga qaraganda shiddatliroq bo‘ldi. “So‘g‘diyona” futbolchilari hisobni qisqartirish umidida ko‘pchilik bo‘lib oldinga tashlanishdi. «Nasaf» o‘yinchilari esa himoyada harakat qilib, raqibini qarshi hujumda jazolash payida bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning deyarli oxirigacha o‘yin ana shunday davom etdi.

O‘yinning asosiy vaqti tugashiga sakkiz daqiqa qolganda, «Nasaf» tezkor qarshi hujum tashkil qildi. Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan hujumchi Bobir Abduxoliqov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. To‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan darvozabon, to‘satdan sirg‘alib yiqilib tushdi. Abduxoliqov chaqqonlik bilan to‘pga egalik qilib, jarima maydoniga kirib kelgan Cheranga tashlab berdi. Dragan Cheran esa bo‘sh darvozaga to‘pni yengil zarba bilan joylab qo‘ydi – 3:0.
Uchrashuvning 89-daqiqasida «Nasaf» yana bir tezkor hujum tashkil etdi. Endi Cheranning o‘zi gol urish imkoniga ega bo‘lsada, Abduxoliqovni to‘p bilan ta’minladi. Bobir Abduxoliqov esa bu imkonni qo‘ldan chiqarmadi – 4:0.

Shunday qilib, “Nasaf” 4-turda “So‘g‘diyona” jamoasini yirik 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va o‘z hisobiga qimmatli uch ochkoni yozdirib qo‘ydi.

O‘zPFL 4-tur. 30.03.2017
“Nasaf” (Qarshi) - “So‘g‘diyona” (Jizzax) 4:0 (2:0)
Gollar: Dragan Cheran, 18’-1:0, 82’-3:0, Odiljon Hamrobekov, 7’-2:0, Bobir Abduholiqov, 89’-4:0.

G‘uzor sh., “G‘uzor” markaziy stadioni. 4122 tomoshabin
Bosh hakam: Rustam Bobomurodov (Navoiy),
Qanot hakamlari: Aleksandr Burov (Toshkent), Server Yeremeev (Toshkent)
Zaxira hakami: Elyor Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: Arslan Xotamov (Toshkent)
O‘zPFL vakili: Nail Lutfullin
“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 7.Odiljon Hamrobekov (4.Maqsud Karimov 86), 10.Dilshod Rahmatullayev, 15.SHaxboz Erkinov (45.Bobir Abduxoliqov 74), 18.Bahrom Abdurahimov, 22.Igor Golban, 23.SHerzod A’zamov (s), 27.Islom Rashidxonov (14.SHarof Muhitdinov 83), 2.Akmal Shorahmedov, 31.Saydullo Rahmatov, 69.Dragan Cheran.
Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 6.Azizjon G‘aniyev, 8.Sirojiddin Qo‘ziyev, 38.Doniyor Narzullayev.
“So‘g‘diyona”: 1.Sarvar Karimov, 2.Sardor Qulmatov, 3.Azamat Isroilov, 4.Elyor Oripov, 6.Sunnatilla Mamadaliyev (10.Alisher Mahmudov 64), 7.Sanjar Rashidov (s) (22.Doston Abdurahmonov 76), 8.Suxrob Qobilov, 17.Ixtiyor Toshpo‘latov (11.SHoxruh Dostonov 62), 18.Qahramon Bahodirov, 59.Sarvar Jo‘rayev, 77.Sardor Eminov.
Zaxira: 12.SHoxrux Eshbo‘tayev, 13.Rustam A’zamov, 15.Izatilla Abdullayev, 34.Omon-biik Halilov.
Ogohlantirish: Sanjar Rashidov 50.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 21:59, 30.03.2017.
O'qildi: 7635 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.