Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Tbilisida dzyudo bo‘yicha nufuzli Gran-Pri turniri start oladi

Tbilisida dzyudo bo‘yicha nufuzli Gran-Pri turniri start oladi

Baho:
+ | -

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida 31 mart 2 aprel kunlari dzyudo bo‘yicha xalqaro Gran-Pri turniri bo‘lib o‘tadi. Nufuzli musobaqada dunyoning to‘rt qit’asining 36 ta mamlakatidan tashrif buyurgan 251 nafar sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.

Tbilisi Gran-Prisida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini 13 nafar hamyurtlarimiz himoya qilishadi. Bular: -60 kg: Doniyor Sultonboyev va Muhriddin Tilovov, -66 kg: Bahrom Inoyatov va Sardor Nurillayev, -73 kg: G‘iyosjon Boboyev va Mirzohid Farmonov, -81 kg: Sharofiddin Boltaboyev va
Davlat Bobonov, -90 kg: Muhammadkarim Hurramov va Shahzodbek Sobirov,
-100 kg: Bekmurod Oltiboyev va Soyib Qurbonov, +100 kg: Boltaboy Boltayev.

Bugun musobaqada erkaklar o‘rtasida -60 va -66 kg. vazn toifalarida bellashuvlar o‘tkaziladi. Ularda Doniyor Sultonboyev (-60 kg) ilk bahsda ozarbayjonlik Sadig‘ovga, Sardor Nurillayev (-66 kg) gruziyalik Gazashviliga, Bahrom Inoyatov (-66 kg) esa eronlik Nurizodalarga qarshi tatamiga chiqishadi. Muhriddin Tilovov (-60 kg) esa reytingda egallab turgan o‘rni evaziga birinchi bosqichdan jangsiz o‘tib, kurashni to‘g‘ridan to‘g‘ri ikkinchi bosqichdan boshlaydi.

Shuningdek, yana uch nafar hamyurtlarimiz – G‘iyosjon Boboyev (-73 kg), Davlat Bobonov (-81 kg) va Soyib Qurbonov (-100 kg)lar ham reytingdagi mavqe’lari evaziga dastlabki saralash bosqichidan ozod etilishgan va ikkinchi bosqichga imtiyozli yo‘llanma olishgan.

Ertaga -73 va -81 vazn toifalarida bellashuvlar o‘tkazilsa, musobaqaning so‘nggi kunida og‘ir vazndagi polvonlar (-90, -100, +100) o‘zaro kuch sinashishadi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi Tbilisi Gran-Prisida Diyorbek O‘rozboyev oltin medal sohibiga aylangan edi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 12:29, 31.03.2017.
O'qildi: 7100 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.