Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Rossiya chempionatidagi Markaziy Osiyolik eng yaxshi legionerlar

Rossiya chempionatidagi Markaziy Osiyolik eng yaxshi legionerlar

Baho:
+1 | -

Rossiyalik jurnalistlar turli yillarda Rossiya chempionatida to‘p surgan legionerlar haqida maqola yozishdi. Bu gal xorijlik hamkasblarimiz Markaziy Osiyodan chiqib, rus o‘lkasida yorqin o‘yin namoyish etgan futbolchilardan iborat ro‘yxat tuzishdi. Ushbu o‘nlikdagi to‘rt o‘yinchi o‘zbekistonlik ekani quvonarli, albatta. Demak, e’tirofga sazovor bo‘lganlar bilan tanishamiz.

10. Andrey FYODOROV, O‘zbekiston

«Alaniya» (1998-1999), 42ta o‘yin, 1ta gol

«Rubin» (2000-2008), 127ta o‘yin, 15ta gol

qurbon Berdiyev bosh murabbiyligida 2008 yili Rossiya chempionligini qo‘lga kiritgan «Rubin»da Fyodorov yetakchilardan biri hisoblangan. Aqlli va chaqqon himoyachi qiyin vaziyatlarda sheriklariga yordam berishni qoyillatardi, qozonliklar safida birinchi diviziondan chempionlikkacha bo‘lgan mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan. O‘zbekiston termasining sobiq a’zosi o‘z vaqtida SSKAga o‘tishi ham mumkin edi, ammo Osiyo Chempionlar Kubogi musobaqasida hakamga qo‘pol munosabatda bo‘lgani uchun diskvalifikasiyaga uchragan futbolchi «armiyachilar» tarkibiga qo‘shilmadi. Shunga qaramay, Vladikavkaz, Kaliningrad va qozonda Fyodorovni qat’iyatli va ishonchli futbolchi sifatida hamon eslashadi, qadrlashadi.

 

9. Vitaliy DENISOV, O‘zbekiston

SSKA (2003-2006), 3ta o‘yin

«Lokomotiv» (2013-h.v.), 119ta o‘yin, 1ta gol

Tezlik, fidokorlik, tirishqoqlik - «Lokomotiv» (Moskva) ishqibozlari Denisovning o‘yinini bundanda ko‘proq ijobiy sifatlar bilan baholashadi. Maydondagi harakatlar bo‘yicha Vitaliyga hech qanday e’tirozlar yo‘q. Uning Rossiyadagi faoliyati SSKAda boshlangan, biroq jarohat tufayli asosiy tarkibga kirolmagandi. Olti mavsum Ukrainaning «Dnepr» klubi safida to‘p surgan Denisov RFPLga tajribali va ancha chiniqqan futbolchi sifatida qaytib, hozirda liganing eng kuchli qanot himoyachisi nomini olishga da’vogarlik qilmoqda.

8. Sergey TIMOFEEV, Qozog‘iston

«Dinamo» (1992-1994), 43ta o‘yin, 3ta gol

«Alaniya» (1995-1997), 67ta o‘yin, 3ta gol

«Lokomotiv NN» (1998), 32ta o‘yin, 6ta gol

Bu himoyachi o‘tgan asrning 90-yillarida raqib hujumchilarini dahshatga solgan. Timofeev juda qo‘pol bo‘lishiga qaramay, o‘z ishini a’lo darajada bajarardi. «Alaniya»ning 1995 yili chempionlik shohsupasiga ko‘tarilishida Timofeevning hissasi ham katta.

 

7. Muhsin Muhammadiyev, Tojikiston

«Lokomotiv» (1992-1993), 41ta o‘yin, 12ta gol

«Spartak» (1994-1995), 30ta o‘yin, 13ta gol

«Lokomotiv NN» (1996-1997), 56ta o‘yin, 16ta gol

«Torpedo» (1998), 14ta o‘yin, 2ta gol

«Shinnik» (1999), 11ta o‘yin, 1ta gol

Bu hujumchi 1992 yili Tojikiston termasi safida bitta o‘yin o‘tkazib, «dubl» qayd etgan. Oradan uch yil o‘tib, endi Rossiya termasi libosida maydonga tushib, yana gol urdi. Shunga qaramay, u ham bugungi ro‘yxatdan joy egalladi - Muhammadiyev Dushanbeda tug‘ilib, faoliyatini o‘sha yerda boshlagan. Rossiyada ko‘plab klublar (quyi diviziondagilarini ham hisoblaganda 9ta) sharafini himoya qilgan, qayerda o‘ynamasin, yuqori darajali futbolchi ekanini namoyish etgan.

 

6. Igor CHEREVCHENKO, Tojikiston

«Lokomotiv» (1996-2001), 170ta o‘yin, 9ta gol

«Torpedo» (2002), 12ta o‘yin

«Alaniya» (2002), 5ta o‘yin

Dushanbeda tug‘ilib, o‘sha yerda ulg‘aygan Igor Tojikiston termasi safida 8ta o‘yin o‘tkazgan. Uning otasi Gennadiy Cherevchenko ham o‘z yurtida mashhur futbolchi hisoblangan. Rossiya chempionatida maqtovga arzigulik natijalarga erishgan o‘yinchining 2001|2002 yillar mavsumida «Real» darvozasiga urgan golini ruslar hamon yorqin xotiralar bilan yodga olishadi.

 

5. Odil AHMEDOV, O‘zbekiston

«Anji» (2011-2014), 109ta o‘yin, 6ta gol

«Krasnodar» (2014-2017), 101ta o‘yin, 7ta gol

Futbol olamida Odil Ahmedovni yoqtirmaydiganlarni topish amrimahol. To‘g‘ri-da, uni yaxshi ko‘rmay bo‘larkanmi? Maydonda haqiqiy professional, borini berib o‘ynaydi, uning tashqarisida esa ochiqko‘ngil va kamtar inson. Odil yulduzli «Anji»da maydon markazidagi bor mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, Eto`O va boshqalarning hujumda erkin to‘p surishlariga zamin hozirlardi. «Krasnodar»da ham muhitga tezda moslasha oldi, jamoaning o‘sishiga hissa qo‘shdi.

 

4. Rashid RAHIMOV, Tojikiston

«Spartak» (1992, 1994-1995), 26ta o‘yin

«Lokomotiv» (1993-1994), 14ta o‘yin

Bu futbolchi Rossiya chempionatida atigi 40ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsada, «Spartak» safida ikki marta oltin medal va 1992 yili mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan. Rahimov qo‘pol o‘yinchi sifatida tez-tez hakamlar tomonidan ogohlantirilardi. O‘z navbatida, uning ziyoli ekanini ham unutmaslik darkor (ettita tilni o‘zlashtirgan). Bu sifatlar ko‘p jihatdan murabbiylik faoliyatida asqotishi aniq.

3. Dmitriy XOMUXA, Turkmaniston

«Zenit» (1995-1996), 61ta o‘yin, 4ta gol

SSKA (1997-2000), 116ta o‘yin, 27ta gol

«Shinnik» (2001-2003), 69ta o‘yin, 16ta gol

«Terek» (2004-2005), 36ta o‘yin, 4ta gol

Xomuxa ilk murabbiyi Tachmurod Agamurodovning iltimosiga ko‘ra, Turkmaniston termasi safiga qo‘shilgan, vaholanki, u etnik ukrainlar oilasida tug‘ilgan. Keyinchalik Xarkov, Lvov, Grozniy, Sankt-Peterburg, Yaroslavlda to‘p surdi. Aksariyat muxlislar uning SSKAdagi o‘yinlari, «Spartak» gegemonligiga barham berishda faollik ko‘rsatganini yaxshi eslashadi. Dmitriy standart vaziyatlarni qoyilmaqom tarzda ijro etardi. U o‘zining yagona sovrini(Rossiya kubogi)ni 2004 yili «Terek» safida qo‘lga kiritgan. 2013 yili uning bosh murabbiyligidagi Rossiya o‘smirlar termasi Yevro (U-17) g‘olibiga aylanganini ham unutmaslik darkor.

 

2. Vladimir NIDERGAUS, Qozog‘iston

«Rotor» (1992-1997, 1999), 168ta o‘yin, 68ta gol

Yesipov-Veretennikov-Nidergausdan iborat trio 90-yillarda Rossiya futboli ramziga aylangandi. Uchovlon chempionatda eng yorqin va sermahsul o‘yin ko‘rsatib, «Rotor» raqiblari darvozasini chiroyli tarzda ishg‘ol qilishardi. «Old Trafford»da «Manchester Yunayted»ga gol urgani esa volgogradliklar uchun alohida ahamiyatga ega voqealardan biriga aylangan.

 

1. Mirjalol QOSIMOV, O‘zbekiston

«Spartak» (Vladikavkaz, 1992), 25ta o‘yin, 3ta gol

«Alaniya» (1994-1996, 1999, 2003-2004), 104ta o‘yin, 30ta gol

«Krilya Sovetov» (2000-2001), 45ta o‘yin, 6ta gol

Ishoning, yomon futbolchi hech qachon «O‘zbek Maradonasi» nomiga loyiq ko‘rilmaydi. 20 yildan ortiq vaqt o‘tdi, ammo vladikavkazliklar Moskva klublarining chempionatdagi gegemonligiga barham bergan o‘sha yulduzli tarkibni hamon eslashadi. qosimov maydonni yaxshi ko‘ra olishi, aniq paslari va standart vaziyatlarni ajoyib tarzda ijro etishi orqali mahalliy muxlislar mehrini qozondi. Ayniqsa, «Liverpul» darvozasiga urilgan golni ko‘rganlar o‘sha voqeani umrbod yodda tutishlari aniq. O‘smirlar o‘rtasida Yevropa va jahon chempioni, Rossiya chempioni, ikki marta Rossiya chempionati kumush medali sohibi, O‘zbekistonda ko‘plab sovrinlar egasi. Savollar bormi? Mirjalol qosimov - RFPLning ilk goli muallifi, O‘zbekiston faxri va Rossiya chempionatidagi eng yaxshi legionerlardan biri.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:50, 01.04.2017.
O'qildi: 9176 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.