Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Oleg Tyulkin: «Bunday futbol atmosferasini faqat Samarqandda ko‘rish mumkin»

Oleg Tyulkin: «Bunday futbol atmosferasini faqat Samarqandda ko‘rish mumkin»

Baho:
+ | -

«Dinamo» - «Navbahor» (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Oleg Tyulkin matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Avvalo bugungi o‘yin haqidagi fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz?

- Bugun shiddali va kurashlarga boy bo‘lgan o‘yinda ishtirok etib, afsuski mag‘lubiyatga uchradik. Shunga qaramay, o‘yin yomon taassurot qoldirmadi, yigitlar maydonda bor kuchlari bilan to‘p surishdi. Bugun yagona xatomiz o‘yin taqdirini hal etdi. Yigitlarimizga hech qanday e’tirozim yo‘q, ular borlarini berishdi. Ikkinchi bo‘limda o‘yin tizginini qo‘limizga olib, hujumkor to‘p surishga intildik, ammo raqib himoyada bexato o‘ynadi. Xatolar ustida ishlashda davom etamiz. Bu futbol, bugun omad «Navbahor» tomonda edi.

- Bugun jamoa sardori Akmal Bozorovning asosiy tarkibda yo‘qligi nima bilan bog‘liq edi?

- Akmalning jarohati bor edi. Shu bois uni asosiy tarkibda tushira olmadik. Uning tajribasi jamoaga yordam bergan bo‘lardi. Shu bois o‘yin yakunida bo‘lsada maydonga tushirdik.

- Bugun «Dinamo» golli vaziyatlar yaratishdi oqsagandek ko‘rindi. Bu bosim bilan bog‘liqmi yoki yosh futbolchilarga mahorat yetishmadimi?

- Bilasizmi, jamoamizning ayni damdagi o‘rtacha yoshi 22 yoshdir. Bunday davrda yigitlarda har qanday holat kuzatilishi mumkin. Barqarorlik doim ham bir xil bo‘lmaydi. Ayniqsa, ruhiy jihatdan tayyorlash muhim. Qolaversa, raqiblar ham ancha tajribali edi, ular ham bizni juda yaxshi o‘rganishgan. Eng asosiysi, yosh tarkibimiz hech kimdan qo‘rqmay, raqibga qarshi munosib to‘p surmoqda. Albatta, qayerdadir xatolarga yo‘l qo‘ygandirmiz, buni tahlil qilib, o‘rganamiz. Har bir o‘yin yigitlar uchun tajriba. Mag‘lubiyat ham jamoani yanada jipslashishiga sabab bo‘ladi.

- Uchrashuv bosh hakamiga e’tirozlaringiz bo‘lsa kerak?

- Yo‘q, menda hech qanday, hech kimga e’tirozim yo‘q.

- Ketma-ket uch o‘yindagi g‘alabadan so‘ng, bugungi mag‘lubiyat «Dinamo» jamoasiga ruhiy jihatdan yomon ta’sir qilmaydimi?

- Bilasizmi, maydonda hamma barobar, kim ruhiy va jismonan yaxshiroq tayyor bo‘lsa o‘sha g‘alabaga erishadi. Omad ham muhim bunda. Albatta, bunday paytda mag‘lubiyat yoshlarga ko‘proq ta’sir qilishi mumkin, ammo bu borada biz keyingi o‘yingacha ish olib boramiz. Ayniqsa, bunaqangi qo‘llab-quvvatlash bilan yigitlar o‘zlarini tezda tiklab olishadi. Chunki, mag‘lubiyatli o‘yindan keyin ham viloyat va shahar rahbariyati ham jamoamizni qo‘llab-quvvatladi, muxlislarni aytmaysizmi? E’tibor bering, yana qayerda Samarqanddagidek bir soat oldin o‘yingoh muxlislar bilan to‘lib-toshib, minglab odamlar tashqarida qolib ketishmoqda? Bunday futbol atmosferani faqat Samarqandda ko‘rish mumkin. Demak ular bizga ishonishmoqda, bu futbolchilarga yanada shijoat bag‘ishlaydi. Biz ochkolar uchun emas, avvalo Samarqand ahli uchun o‘ynaymiz. Muxlislarimizni xursand qila olsak, bu katta baxt. Bugun minglab muxlislarimizdan uzr so‘raymiz, ularni xursand qila olmadik. Shunga qaramay, butun o‘yingohning «Dinamo»ga «Molodsi» deya hayqirgani jamoa uchun katta sharaf. Bizga ishonayotgan ekanlar, keyingi o‘yinlarda g‘alaba bilan ularga minnatdorchilik bildirishimiz shart.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 18:25, 01.04.2017.
O'qildi: 7947 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.