«Lester Siti» APL 30-turida «Stok Siti» klubini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Natijada, «tulkilar» ustozi Kreyg Shekspir qatorasiga 4-o‘yinda g‘alaba qozondi va Britaniya futbolidagi eng muvaffaqiyatli murabbiyga aylandi. Bunga qadar Buyuk Britaniyada tug‘ilgan hech bir murabbiy dastlabki 4 o‘yinida g‘alaba qozona olmagandi.
53 yoshli mutaxassis APL tarixida dastlabki 4 o‘yinda g‘alaba qozongan 5-murabbiy bo‘ldi. Undan oldin bu natijaga Karlo Anchelotti, Pep Gvardiola, Gus Hiddink va Joze Mourinyo erishgan.