«Manchester Siti» darvozaboni Klaudio Bravo jamoani tark etmasligini aytdi.
«Siti»ni tark etmoqchi bo‘lganim va yangi klub izlayotganim - yolg‘on. Bu noto‘g‘ri xabar. Meni Angliyada hamma narsa qoniqtirmoqda. Oilam ham bu yerda o‘zini juda yaxshi his qilyapti.
O‘ynamagan vaqtimda mish-mishlar ko‘paydi. O‘zimga ruhshunos yollaganim, ingliz tilini o‘rganayotganim haqida gapirishdi»,- dedi chililik darvozabon The Telegraph nashriga bergan intervyusida.