Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Kuchli beshlikda eng kam yutqazayotgan jamoalar

Kuchli beshlikda eng kam yutqazayotgan jamoalar

Baho:
+ | -

Yevropa kuchli beshlik chempionatlarining katta qismi ortda qolgan bir paytda chempionlik uchun kurash ayni avjiga chiqmoqda. Ispaniya La Ligasi, Germaniya Bundesligasi, Angliya Premyer Ligasi, Italiya A seriyasi va Fransiya 1 Ligasida hozirga kelib mag‘lubiyatga uchramagan jamoa qolmagan, ammo ba’zi jamoalar mag‘lubiyatlari kamligi bilan muvaffaqiyat qozonmoqda. E’tiboringizga shu jamoalarni taqdim etamiz.

Birinchi o‘rinda ushbu mavsumda o‘z milliy chempionatida atigi bir mag‘lubiyatga uchragan «Bavariya» bormoqda. Myunxenliklar Bundesligada o‘tkazgan 26 o‘yinlaridan 20 tasida g‘alaba qozonib, 5 ta durang o‘ynagan va 65 ochko bilan eng yaqin ta’qibchisi «RB Leypsig»dan 13 ochkoga oldinlab ketgan.

Ikkinchi o‘rinda ikkitadan o‘yinda yutqazgan uch jamoa bormoqda – «Xoffenxaym», «Real», va «Nissa». Ispaniya La Ligasi peshqadami «Real» 2017-yilga kelibgina mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, Bundesligada uchinchi o‘rinda borayotgan «Xoffenxaym» kuchli beshlikda mag‘lubiyatsiz seriyasi yanvar oxirigacha davom etgan yagona jamoadir. «Nissa» esa Fransiya 1 Ligasida eng kam mag‘lub bo‘lgan jamoa ekanligiga qaramay uchinchi o‘rinda bormoqda.

Uchtadan mag‘lubiyatga uchragan jamoalar 4 ta: «Barselona», «Tottenhem», «Manchester Yunayted» va «Monako». La Ligada «Real»ni izma-iz ta’qib qilib kelayotgan «Barsa»ni «Real» ham, «Atletiko» ham, «Sevilya» ham mag‘lub etolmagan – bu ishni «Alaves», «Selta» va «Deportivo» uddalagan.

Premyer Ligada eng kam yutqazgan jamoalar peshqadam «Chelsi»dan ancha uzoqda – ikkinchi o‘rindagi «Tottenhem» 7 ochko, 5-o‘rindagi «Manchester Yunayted» 16 ochkoga ortda bormoqda. Fransiyada esa «Monako»ning mag‘lubiyatlari «Nitsa»dan bitta ko‘p bo‘lsa ham, knyazlik jamoasi 1 Ligada peshqadamlik qilmoqda.

To‘rtta jamoa to‘rttadan o‘yinda mag‘lub bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich «Chelsi» va «Yuventus»ga mos ravishda Premyer Liga va A seriyada yaqqol peshqadamlik qilishga xalaqit bermayapti. «PSJ» esa 4 ta mag‘lubiyat bilan 1 Ligada ikkinchi pog‘onani egallab turgan bo‘lsa, «Napoli» A seriyada uchinchi o‘rinda bormoqda.

Beshtadan mag‘lubiyat hozircha beshta jamoada bor: Premyer Ligada uchinchi o‘rindagi «Liverpul» va to‘rtinchi o‘rindagi «Manchester Siti»da, La Ligada uchinchi o‘rindagi «Atletiko» va to‘rtinchi o‘rindagi «Sevilya»da hamda Bundesligada to‘rtinchi o‘rindagi Dortmundning «Borussiya»sida.

Ikkita jamoa oltita mag‘lubiyat bilan ham yuqori o‘rinlarda turishni uddalamoqda: «RB Leypsig» Bundesligada, «Roma» esa A seriyada ikkinchi o‘rinda bormoqda. Xuddi shuncha mag‘lubiyatga uchragan «Lasio» to‘rtinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, 7 tadan mag‘lubiyatga ega «Arsenal», «Vilyarreal» va «Kyoln» o‘z chempionatlarida oltinchi, «Fiorentina» esa sakkizinchi pog‘onada bormoqda.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 11:18, 03.04.2017.
O'qildi: 20381 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик