Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Bahrom Haydarov: “Farg‘ona futboli sharafini munosib himoya qilish ustivor vazifamiz”

Bahrom Haydarov: “Farg‘ona futboli sharafini munosib himoya qilish ustivor vazifamiz”

Baho:
+ | -

Joriy yilning 26 martidan 1 apreliga qadar Qarshi shahrida “Barkamol Avlod-2017” sport musobaqasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Sportning turli yo‘nalishlarida o‘z imkoniyatlarini ishga solayotgan yosh sportchilar orasida Farg‘ona terma jamoasi vakillari ham qizg‘in raqobat olib borishmoqda. Quvonarli tarafi, sportning futbol turi bo‘yicha saralashda ishtirok etayotgan Farg‘ona jamoasi Qarshida bo‘lib o‘tgan bosqichda muvaffaqiyatli ishtirok etib Jizzax shahrida bo‘lib o‘tadigan final bosqichiga yo‘l oldi. Musobaqada farg‘onalik yosh futbolchilarga boshchilik qilgan tajribali mutaxassis, bugungi kunda “Neftchi” yoshlar jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan Bahrom Haydarov “Neftchi” futbol klubining matbuot xizmati vakillariga turnir borasidagi o‘z fikrlarini taqdim etdi.

– “Birinchi o‘rinda Farg‘ona terma jamoasi bilan “Barkamol Avlod-2017” turnirining final bosqichiga yo‘l olganimizdan xursandmiz. Umuman olganda Jizzaxdagi  bosqichga yo‘llanma olish vazifasi oson kechmadi. Turnirdan avval viloyat rahbarlari tomonidan bizga musobaqaning final bosqichiga chiqish vazifasi yuklatilgan edi, – deb gap boshladi Haydarov

 

TURNIR HAQIDA

Musobaqada mamlakimizning 14 ta jamoasi ishtirok etdi. Respublika miqqiyosida bo‘lib o‘tadigan mana shunday turnirlarga ishtirokchilar turli-xil maqsad va vazifalar bilan tashrif buyurishadi. Biroq bu safar Qarshidagi o‘yinlarda deyarli barcha terma jamoalar final o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan bosqichga yo‘llanma olish uchun kurash olib borishdi. Bu esa o‘z-o‘zidan yuqori raqobatni yuzaga keltirdi. O‘yinlarni ko‘zatib shunday xulosaga keldimki, turnirga kelgan barcha jamoalar unga jiddiy munosabatda yondoshgandilar. Chunki xar bir terma jamoaga barcha o‘yinlarni g‘alaba bilan yakunlab final chiptasiga egalik qilish vazifasi topshirilgandi.  Shuningdek bizga ham. Turnir borasida yana fikr bildiradigan bo‘lsam, ushbu musobaqa seleksionerlar uchun katta futbol bozoriga aylandi. Chunki u yerda  18-19 yoshdagi yuqori iste’dodli futbolchilar ko‘plab topilardi. Biz ham imkon qadar turnirdagi boshqa o‘yinlarni kuzatib borib, bir qator iqtidorlarni ko‘z ostimizga olib qo‘ydik. Shu qatori Oliy liga klublarining seleksioner mutaxassilari turnirni diqqat bilan kuzatib borishdi. Mamlakatimizning turli nuqtalaridan kelgan jamoalar tarkibida yuqori mahoratli o‘yinchilar talaygina bo‘ldi. O‘zbekiston Oliy ligasi, Yoshlar ligasi va Birinchi liga bahslarida muntazam o‘ynab kelayotgan yosh shu bilan birgalikda o‘ziga yarasha tajribaga ega futbolchilar o‘rtasidigi raqobat ham qizg‘in tus oldi. Hakamlik borasida ham ijobiy fikrlarni aytishim mumkin. O‘yinlarda hakamlar juda xolisona ishlashdi. Hakamlik me’yori normal bo‘lgan holda futbol birinchi o‘ringa chiqadi. Teng va halol kurash kechgan bellashuvda haqiqiy o‘yin bo‘ladi.

GURUH O‘YINLARI HAQIDA

Musobaqada Farg‘ona terma jamoasi “D” guruhidan o‘rin egalladi. Guruhda bizga Toshkent, Surxondaryo va Navoiy termalari raqiblik qildi. Garchi guruhning barcha o‘yinlarida g‘alaba qozongan bo‘lsakda guruh bellashuvlari juda og‘ir va mashaqqatli kechdi. Chunki musobaqa reglamentiga ko‘ra, guruhdagi 3 ta o‘yinimizni xar kuni o‘tkazdik, ya’ni bir kun ham dam olishsiz guruh uchrashuvlarida ishtirok etdik. Yana bir qiyinchilik tarafi, turnir qaydnomasiga umumiy 14 nafar futbolchini kiritish buyicha ham reglament bandi mavjud edi. Zahiraning qisqa ekanligi baribir o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Biroq shunga qaramasdan ham yigitlarning tayyorgarligi yaxshi ekanligi va o‘yinga, muvaffaqiyatga bo‘lgan munosabati hamda intilishi xar bahsda ularga qo‘shimcha dalda bo‘ldi. Shuningdek yoshlar bilan ishlash borasida yaxshigina tajribaga ega Xushbek Qosimov va delegasiya rahbari Tohir aka Kapadzelar turnir davomida xar taraflama yordam berib borishdi. Yakunda esa haqli ravishda birinchi o‘rin bilan guruhdan chiqdik. Guruhdan chiqqanimizdan so‘ng Andijon termasiga ro‘baro keldik. Bu o‘yin esa hal qiluvchi ahamiyat kasb etardi. Andijonliklar qarshi o‘yin ham oson bo‘lmadi. Shukurki, bellashuv bizning foydamizga hal bo‘ldi. Termamiz tarkibida “Neftchi”dan 9 nafar, “Yozyovon-Lochinlari” va “Sementchi” klublari bir qator mahoratli yoshlar jamoamiz sharafini himoya qilishdi. Endi bizni Jizzaxda hal qiluvchi sinovlar kutmoqda. So‘nggi bosqichda ham muvaffiyatli ishtirok etib bosh maqsadimizga erishishga jiddiy bel bog‘laganmiz. Bu borada o‘z shogirdlarimga ishonaman. Yana shuni ta’kidlashni istardimki, Farg‘ona futboli sharafini munosib himoya qilish ustivor vazifamiz hisoblanadi, – dedi Bahrom Haydarov

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 10:34, 05.04.2017.
O'qildi: 6514 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.