Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Misha Ge XXIII qishki Olimpiya o‘yinlarining lisenziyasini qo‘lga kiritdi

Misha Ge XXIII qishki Olimpiya o‘yinlarining lisenziyasini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Misha Ge 2018 yilgi qishqi Olimpiya o‘yinlari lisenziyasini qo‘lga kiritdi.

Misha o‘tgan xaftada Finlyandiyaning Xelsinki shahri mezbonlik qilgan figurali uchish bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etdi. Qisqa dasturda 16, erkin dasturda 10-o‘rinni egallagan hamyurtimiz, ikki yo‘nalish natijasiga ko‘ra jahon chempionatini 12 –o‘rinda yakunlandi.

Ushbu natijasi evaziga Misha Ge Olimpiya o‘yinlarining lisenziyasiga ega bo‘ldi. Jahon chempionatida erkaklar o‘rtasidagi bahslarda kutilganidek yaponiyalik Yudzuru Xanyu oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ikki karra jahon chempioni ispaniyalik Xavyer Fernandes esa 2013 yildan beri ilk bor medalsiz qoldi.

E’tiborga molik jihati shundaki, figurali uchish bo‘yicha jahon chempionatlari tarixida ilk bor barcha medallarni osiyolik sportchilar qo‘lga kiritishdi. Yaponiyalik Shoma Uno kumush, xitoylik Boyan Szin esa bronza medali bilan taqdirlandi.

Kuni kecha O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga Xalqaro qishki sport turlari Ittifoqidan Misha Gening Olimpiya o‘yinlariga rasman yo‘llanmani qo‘lga kiritganligini tasdiqlovchi xujjat yetib keldi. O‘z navbatida Milliy olimpiya qo‘mitasi figurali uchish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Misha Geni Olimpiya o‘yinlarining lisenziyasi bilan muborakbod etadi va unga dunyoning eng yirik sport festivalida omad va zafarlar tilab qoladi.

Ma’lumot uchun, XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari 2018 yilning 9-25 fevral kunlari Koreya Respublikasining Pyongchan shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 90 ta mamlakatidan 2 500 dan ziyod sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Musobaqada sportning 7ta turi bo‘yicha 98 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 14:47, 05.04.2017.
O'qildi: 6091 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.