Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

«Arsenal» - «Manchester Siti» o‘yinida Venger jamoa sardorini tayinlashni unutib qo‘ydi

«Arsenal» - «Manchester Siti» o‘yinida Venger jamoa sardorini tayinlashni unutib qo‘ydi

Baho:
+ | -

Angliya premyer-ligasining 30-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Arsenal" va "Manchester Siti" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning ikkinchi bo‘limida "kanonirlar" sardorsiz o‘ynashgani aniq bo‘ldi.

Birinchi bo‘limda "Arsenal"ni sardor sifatida Loran Kosyelni maydonga boshlab tushdi, lekin tanaffus paytida uning o‘rniga Gabriel tushirildi. Londonliklarning an’anaviy sardori hisoblangan Per Mertezaker bu bahsda ishtirok etmadi. Vise-sardorlar — Petr Chex va Santi Kasorla jarohat tufayli o‘yin qaydnomasidan o‘rin olishmadi. Shu bois, "Arsenal"ning sardorlik bog‘ichi kiyinish xonasida qolgan va jamoa ikkinchi bo‘limni sardorsiz o‘tkazgan. Bu esa musobaqa reglamentiga zid hisoblanadi.

Arsen Venger vaziyatni quyidagicha izohladi: "Bu qiziq savol. O‘yindan keyin hech kim menga bunday savol bermagandi. Ikkinchi bo‘limda qaysi futbolchi sardor bo‘lganini eslolmayman", – dedi Venger Sky Sports'ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" – "Manchester Siti" o‘yini 2:2 hisobida yakunlandi.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 20:06, 05.04.2017.
O'qildi: 8545 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик