Kirish Ro'yxatdan o'tish

Inyesta: "Chempion bo‘lishimiz uchun endi "Real"ni safarda mag‘lub etishimiz kerak"

Inyesta: "Chempion bo‘lishimiz uchun endi "Real"ni safarda mag‘lub etishimiz kerak"

Baho:
+ | -

"Barselona" yarimhimoyachisi Andres Inyesta Ispaniya chempionligi uchun kurash haqida fikr bildirdi.

"Biz "Deportivo"ga yutqazdik va "Las-Palmas" bilan durang o‘ynadik. Endi Ispaniya chempioni bo‘lishimiz uchun "Real"ni safarda mag‘lub etishimiz kerak.

Juda qiyin davrlar o‘tib ketdi, men jamoaning o‘yini va o‘sishidan xursandman.

Bu mavsum ba’zi narsalar tufayli g‘alati o‘tmoqda, ammo hozir formamga qaytdim. Umid qilamanki, qolgan o‘yinlarda kerakli natijalarni qo‘lga kiritamiz.

Hozircha, hech qaysi musobaqani tark etganimiz yo‘q, ammo hammasini to‘g‘ri bajarmasak, sovrinsiz qolishimiz mumkin", - deydi Inyesta.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 06:59, 06.04.2017.
O'qildi: 8849 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.