Mavsumning muhim pallasida “Sevilya” beqarorlik tufayli kuchli zarbalarni qabul qilib oldi. Jamoaning muhim bo‘laklari Nasri va Nzonzi o‘z darajalaridagi o‘yinlarini namoyish eta olmayapti.
Ketma-ket 6 o‘yinda g‘alabasiz seriyadan keyin, andalusiyaliklar ko‘p orzularini qo‘ldan chiqarganliklari ma’lum bo‘ldi. Dastlab, Chempionlar Ligasi nimchorak final bosqichida “Lester” (2-1, 2-0) tomonidan turnirdan chiqarib yuborildi. Garchi, “Sevilya” o‘z tarixida ikkinchi bor chorak finalga yetib borish uchun ajoyib imkoniyatga ega edi. Bundan tashqari, eng yaqin ta’qibchisi “Atletiko” vaziyatdan unumli foydalandi va andalusiyaliklarni quvib o‘tdi. Kamiga klub sport ishlari direktori Monchi ham mavsum yakunida “Sevilya”nit tark etishini ma’lum qildi. Eng muhimi, Nasri – Nzonzi juftligi atrofida qurilgan jamoa o‘yini ham o‘zini oqlamayapti. Boisi, jamoa bilan birgalikta bu ikki futbolchi o‘yinida ham pasayish kuzatilmoqda.
Mavsumning birinchi qismida Samir Nasri o‘zining yuqori saviyasidagi o‘yinlarini ko‘rsata oldi. Chiziqlar orasidagi bog‘liqlikni ta’minlash, o‘yinni o‘z qo‘liga olish, o‘yinga o‘z ritmini o‘tkazish kabi muhim vazifalarni aynan Nasri bajardi. Biroq, “Lester”ga qarshi bahsda Nzonzi bilan himoyaga yaqin harakat qilgan Nasri hal qiluvchi bellashuvda eng yomon uchrashuvini o‘tkazdi. To‘gri tanlovni tanlashda, raqib bosimini yengishda kerakli kuch topa olmagan Nasri kamiga Jeymi Vardiga hamyurti Zidan uslubida zarba berib maydonni tark etdi va jamoasini qiyin ahvolda qoldirdi. Mantiqan, “Sevilya” top o‘yinchisisiz oddiy jamoadan farq qilmasligi ma’lum bo‘lib qoldi.
Nasrining holati tashvishli bo‘lsa, Stiven Nzonziniki umuman boshqa mavzu. Ajoyib xususiyatlarga ega Nzonzi jamoasining haqiqiy yo‘lboshlovchisidir. Ammo u ham “Lester”ga qarshi faoliyatidagi eng yomon uchrashuvini o‘tkazdi. Agarda belgilangan penaltini golga aylantira olganida balkim barchasi boshqacha yakun toparmidi… Biroq, uning noaniq zarbasi yakunda jamoasini nimchorak finalda to‘xtatilishiga olib keldi. Aslida Nzonzi jamoasiga barqarorlik saqlovchi muhim qismdir. Mavsumning muhim pallasida o‘yinidagi pasayish uni ham chetlab o‘tmadi.
Xorxe Sampaoli jamoasi ko‘p tarafdan shu ikki futbolchiga bog‘liq ekanligini 21 yanvarda bergan intervyusida aytib o‘tgan edi : “Samir Nasir barcha uchrashuvlarni o‘tkazishi, mashg‘ulotlarda muntazam ishtirok etishi, muhimi o‘zini bahtli his etishini istayman, bu jamoaga foydasiga ishlaydi. Nzonzi o‘yinni buzishdan ko‘ra, uni yaratadigan o‘yinchilar sirasidan. Ikki futbolchi orasidagi bog‘liqlik jamoamizga barqarorlik olib keladi.”
Hozirda bu barqarorlik butunlay yo‘qoldi. Agarda, keyingi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etishni istasa, Xorxe Sampaoli tezroq ushbu futbolchilar orasidagi bog‘liqlikni qayta tiklashi talab etiladi.