Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Intervyu. Lutfulla To‘rayev: "Terma jamoamizga chiroyli o‘yindan ko‘ra, natija afzalroq"

Intervyu. Lutfulla To‘rayev: "Terma jamoamizga chiroyli o‘yindan ko‘ra, natija afzalroq"

Baho:
+ | -

Malayziya chempionati bahslari o‘zining qizg‘in pallasiga kirib boryapti. Superliga bilan birga premyer-ligada ham o‘yinlar keskin kurashlarga boy tarzda o‘tyapti. Xabaringiz bor, bugungi kunda Malayziya chempionatining har ikki divizionida ko‘plab hamyurtlarimiz to‘p surishyapti.

Ular orasida tajribali yarim himoyachi Lutfulla To‘rayev ham bor. Kuni kecha «Terengganu» safida o‘ynayotgan ushbu le-gionerimiz bilan bog‘lanib, undan intervyu oldik.

- Lutfulla, jamoangizning natijalari qoniqarli bo‘lyaptimi?

- Umumiy olganda hammasi yaxshi, deya olaman. Turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibmiz. Peshqadam «Nigeri Sembilan» klubidan 4 ochkoga ortda qolyapmiz. Bu jamoa 8ta o‘yinda 7ta g‘alaba va bitta durang qayd etgan.

- Bahslar oson kechmayotgandir?

- Har bir uchrashuvda o‘ziga yarasha qiyinchiliklar kuzatilyapti. Chunki 4-5ta o‘yinimiz mahalliy vaqt bilan soat 16:45da boshlanmoqda. Tabiiyki, kunning bu paytida havo harorati juda issiq bo‘ladi. Boz ustiga, namgarchilik ham yuqori.

- Jamoangizning qaysi o‘yini kutilmagan natija bilan yakunlandi?

- Birinchi tur uchrashuvini o‘z maydonimizda o‘tkazgandik. Bu o‘yin kuchli yomg‘ir yoqqanligi sabab 10-daqiqada to‘xtatilgandi. Yaqinda o‘sha bahs qayta o‘tkazildi. Afsuski, o‘z muxlislarimiz ko‘z o‘ngida raqibga 2:4 hisobida yutqazib qo‘ydik. O‘ylashimcha, mana shu o‘yin biz uchun kutilmagan natija bilan yakunlandi. Balki o‘sha uchrashuv o‘z vaqtida o‘tkazilganida hozir turnir jadvalida karvonboshilik qilayotgan bo‘larmidik...

- Chempionlik yo‘lida qaysi jamoalar sizlarga kuchli raqobatni yuzaga keltirishyapti?

- Birinchi o‘rindagi klubdan 4 ochkoga ortda qolyapmiz. Menimcha, hali hammasi oldinda. Vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun imkoniyatimiz yetarli.

- Jamoangiz oldiga aniq vazifa qo‘yildimi?

- Ha. Chempionatda 1-o‘rinni egallab, superligaga chiqish.

- Malayziya chempionatidagi qolgan hamyurtlarimizning o‘yinlaridan ham boxabar bo‘lib boryapsizmi?

- Albatta. Farhod Tojiyev va Dilshod Sharofutdinov o‘ynayotgan jamoaning uy uchrashuvlarini bevosita stadionda ko‘rib boraman. Boisi, klublarimiz bitta shahar sharafini himoya qilishadi. Bizning o‘yinimiz ularnikidan bir kun oldin o‘tkaziladi. Shu bois ham har bir bahsda Dilshod va Farhodni stadion tribunalaridan turib qo‘llab-quvvatlayman.

- Ularning jamoalari biroz omadsiz qatnashayotgandek...

- Fikringizga qo‘shilaman. Asosiy tarkibning aksariyat o‘yinchilari jarohat olishgan. Maydonga optimal tarkib tushmayapti. Omadsiz ishtirokning asosiy sababi shu bo‘lsa kerak.

- Lutfulla, milliy jamoamiz aynan Malayziyada Suriya termasiga qarshi JCH-2018 saralash uchrashuvida maydonga tushdi. Sizga bu o‘yinni bevosita kuzatish nasib qildimi?

- Afsuski, yo‘q. Stadionga bora olmadim. Birinchidan, o‘sha payt jamoam bilan birga mashg‘ulot o‘tkazayotgan edik. Qolaversa, terma jamoamiz o‘yin o‘tkazgan shahar men yashayotgan hududdan ancha uzoqda joylashgan. Lekin jonli efirda tomosha qildim.

- O‘yin haqida qanday fikrdasiz?

- Menimcha, terma jamoamiz o‘ynagan stadion holati yaxshi emasdi. Boz ustiga, o‘sha kuni havo harorati juda yuqori bo‘ldi. Bir yarim yildan beri shu mamlakatda o‘ynayapman. Mahalliy iqlimga endi ko‘nikdim. Haqiqatan ham, o‘rganmagan futbolchilarga bunday sharoitda to‘p surish oson emas. Futbolchilarimiz shu tomondan qi-yinchilikka duch kelishdi. Natijada juda og‘ir o‘ynashdi.

- Lekin suriyaliklar ham shu maydonda, siz aytgan sharoitda o‘ynashdi-ku!

- To‘g‘ri. Ammo tan olaylik, Suriya terma jamoasi futbolchilarida g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq kuchliroq edi.

- Qatar termasiga qarshi Toshkentda kechgan o‘yinni ham ko‘rdingizmi? Bu uchrashuv sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Ochig‘ini aytaman, ushbu bahsni ko‘rish nasib qilmadi. Chunki o‘sha kuni o‘rtoqlik o‘yinimiz bor edi. Hozirgi vaziyatda termamizning chiroyli futbol ko‘rsatib, yutqazganidan ko‘ra, g‘alaba qozongani afzalroq. Guruh bosqichining qolgan 3ta uchrashuvida qanday o‘yin namoyish etishdan qat’iy nazar, faqat zafar quchish kerak.

- Vaziyatga real qarasak, Eron termasi guruhda 1-o‘rin bilan JCHga chiqadi. Ikkinchi pog‘ona uchun kurash O‘zbekiston va Koreya jamoalari o‘rtasida kechadimi?

- Ha, mening taxminim ham xuddi shunday. Eron va Xitoy termalari bilan safarda o‘tkaziladigan o‘yinlar juda og‘ir kechadi. Lekin futbolchilar borlarini berib, Vatan uchun astoydil o‘ynashsa, istalgan raqibni mag‘lub etsa bo‘ladi. Hammasi ularning o‘z qo‘lida. Faqat yagona maqsad sari birlashib, hamjihatlikda harakat qilish kerak.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:33, 08.04.2017.
O'qildi: 5046 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.