Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Endi "Lokomotiv" bor e’tiborini "Istiqlol" bilan o‘yinga qaratadi

Endi "Lokomotiv" bor e’tiborini "Istiqlol" bilan o‘yinga qaratadi

Baho:
+ | -

11 aprel kuni "Lokomotiv"ni yana bir muhim uchrashuv kutib turibdi. "Temiryo‘lchilar" shu kuni Osiyo chempionlar ligasi bahsida Eronning "Istiqlol" klubiga qarshi maydonga tushishadi.

TTZdagi "Lokomotiv" stadionida bo‘lib o‘tadigan bahs 16:00da boshlanadi. Bu o‘yin "Lokomotiv" uchun juda muhim. Chunki g‘alabagina "Loko" uchun keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini ochadi. Hozirda "Lokomotiv" uchta o‘yindan so‘ng 3 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida oxirgi o‘rinda bormoqda.

"Istiqlol" esa 6 ochko bilan birinchi o‘rinda ketyapti. Tehronda bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvda "Loko" 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan va navbatdagi o‘yindagi g‘alaba jamoamizning "Istiqlol" bilan bir xil ochko to‘plashiga sabab bo‘ladi. BAAning "Al Ahli" hamda Saudiya Arabistonining "Al Taavon" klublari esa bir xil 4 ochkodan to‘plagan holda 2-3 o‘rinlarni egallab turishibdi.

Xabaringiz bor, "Istiqlol" va "Lokomotiv" o‘rtasidagi birinchi o‘yin 13 mart kuni Tehrondagi "Ozodi" stadionida bo‘lib o‘tgandi. Shundan so‘ng terma jamoalar uchun FIFA kunlari boshlandi va har ikkala klub ham ikki haftacha maydonga tushmadi. Jamoalar o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bilan kifoyalanishdi.

"Lokomotiv" "Istiqlol" bilan kechadigan bahsga ikkita o‘yin orqali tayyorgarlik ko‘rdi. "Temiryo‘lchilar" 31 mart kuni "Olmaliq", 6 aprelda "Sho‘rtan"ga qarshi maydonga tushishdi. Toshkentda "Olmaliq" 5:0 hisobida mag‘lub etilgan bo‘lsa, G‘uzorda "Loko" 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.

"Istiqlol" ham "Lokomotiv" singari milliy chempionatda ikkita o‘yin o‘tkazdi. Bu jamoa avvaliga uyda "Fulad"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va keyingi tur safarda "Gostaresh" bilan 1:1 o‘ynadi. Shuni aytish lozim, "Istiqlol" Eron chempionatida 2-o‘rinda bormoqda klub 48 ochko jamg‘argan. Birinchi o‘rinda borayotgan "Persepolis" hisobida 59 ochko bor bo‘lib, chempionat tugashiga to‘rt tur qolganda Eron chempionligini qo‘lga kiritdi desak ham bo‘laveradi.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, birinchi o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan "Lokomotiv" uchun navbatdagi bellashuv juda muhim ahamiyatga ega. "Temiryo‘lchilar"ni mazkur bahsda faqat va faqat g‘alaba qoniqtiradi. Zero, shundagina jamoada guruhdan chiqish uchun qulay imkoniyat yuzaga keladi.

"Sho‘rtan"dan uchralgan mag‘lubiyat alami ortda qoldi, buyog‘iga endi keyingi o‘yinlarni o‘ylab harakat qilish lozim. "Lokomotiv" o‘z maydonida "Istiqlol"ni mag‘lub etsa hammasi yana joyiga tushadi va jamoaga yetakchilik ruhiyati qaytadi. Shunday ekan, "Loko" futbolchilaridan 11 aprel kuni bo‘ladigan bellashuvda faqat G‘ALABA kutib qolamiz.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 17:12, 08.04.2017.
O'qildi: 7160 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик