Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

Olimpiada chempionligidan mahrum etilgan Artur Taymazov muxlislari uchun izoh berdi

Olimpiada chempionligidan mahrum etilgan Artur Taymazov muxlislari uchun izoh berdi

Baho:
+ | -

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston safida uch marta Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritgan Artur Taymazovni Pekin—2008 chempionligidan mahrum qilgandi.

Bunga javoban Artur Taymazov Facebook tarmog‘ida o‘z muxlislari uchun post qoldirdi.

"Bolaligimdan Olimpiada chempioni bo‘lishni orzu qilardim. Buning uchun umrimni bag‘ishladim, sog‘lig‘imni gilamga tikdim.

Men medallarimni doim halol kurash orqali yutib olganman. Ta’qiqlangan moddalarni hech qachon iste’mol qilmaganman. 16 yil davomida juda ko‘p marta doping-proba topshirdim va ulardan hech biri ijobiy natija bermagan. Chunki sen chempion bo‘lib, o‘z yurtingni zarhal harflar bilan tarixga yozib qo‘yar ekansan, barchaning e’tiborida ekaningni his qilasan. Xato qilishga, nojo‘ya harakatlarga xaqqing yo‘q bo‘ladi.

Oilam, yaqinlarim menga doim kuch berib turgan va bu menga olg‘a intilishda yordam bergan. Uchinchi oltin medalimni qo‘lga kiritishda butun Osetiya ham duoda bo‘lgan. Shuning uchun ham muvaffaqiyatga erisha olganman.

Men o‘zim uchun, menga ishonganlar uchun, mehnatimni qadrlaganlar uchun Olimpiadaning uch karra chempioni bo‘lib qolaveraman. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi qaroriga esa e’tiroz bildiraman" - dedi Artur Taymazov.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:33, 08.04.2017.
O'qildi: 13688 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик