Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Hasanboy Do‘stmatov va Shahram G‘iyosov Tailanddagi turnirning final jangida ringga chiqmaydi

Hasanboy Do‘stmatov va Shahram G‘iyosov Tailanddagi turnirning final jangida ringga chiqmaydi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan "Qirol kubogi-2017" xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasining to‘rt nafar a’zosi Hasanboy Do‘smatov, Elnur Abduraimov, Shahram G‘iyosov va Isroil Madrimov finalga yo‘llanma olgan edi.

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar kengashi ushbu turnir 30 aprel - 7 may kunlari Toshkent shahri mezmonlik qiladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik bosqichi bo‘lgani uchun jamoamizning eng tajribali bokschilari - Hasanboy Do‘smatov va Shahram G‘iyosovni final jangiga chiqarmaslikka qaror qildi. Chunki bu ikki bokschimiz nafaqat ushbu turnir davomida balki WSB turnirida "Uzbek Tigers" janglarida ham yuqori sport formasida ekanini namoyon etdi. Bundan tashqari, murabbiylar bokschilarni kutilmagan jarohat orttirib olishdan saqlashni ko‘zlamoqda.

64 kilogramm vazn toifasida ringga chiqayotgan Elnur Abduraimov esa tailandlik Vuttichai Masukka qarshi jang qiladi. Mezbonlar vakili Toshkentda o‘tkaziladigan Osiyo chempionatida qatnashadi va murabbiylarimiz bu bokschining imkoniyatlarini o‘rganishni Elnur uchun vazifa qilib qo‘ydi.

Shuningdek, Toshkentda bo‘ladigan Osiyo chempionati Germaniyada tashkil etiladigan jahon chempionatiga saralash vazifasini o‘taydi. Tailanddagi turnir finalida Isroil Madrimovga qarshi jang qiladigan kubalik Osley Iglesias Estrada o‘z vazn toifasida jahon chempionligiga da’vogar bokschilardan.

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylari Isroil Madrimov kubalik raqibining imkoniyatilarini o‘rganib olishi uchun uni ham final uchrashuviga qo‘ydi.

"Qirol kubogi-2017" turnirida ishtirok etishdan ko‘zlangan maqsad medallar jamg‘arish emas, aksincha qit’a miqyosidagi - Osiyo chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, bokschilarning amaliyotini oshirish va raqiblar imkoniyatini o‘rganishdir.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 17:36, 08.04.2017.
O'qildi: 20228 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик