Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Karim Benzema: "O‘zimni boshqa klubda ko‘rmayapman" (intervyu)

Karim Benzema: "O‘zimni boshqa klubda ko‘rmayapman" (intervyu)

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Karim Benzema yaqinda Kristof Dyugarining Team Duga nomli mualliflik dasturida ishtirok etib, «Barselona»ning sobiq futbolchisi bergan savollarga javob qaytardi. Ayni payt Monte-Karlo radiosida boshlovchilik qilayotgan Dyugari suhbat davomida Benzemaning hayoti va faoliyati bilan bog‘liq ko‘pgina qiziqarli masalalar xususida so‘z ochdi.

Hozirgi payt haqida

- «San-Mames»dagi o‘yin men uchun muhim edi - ayni vaqt o‘zimni yaxshi his etyapman va umid qilamanki, bu holat mavsum oxirigacha saqlanib qoladi. Chunki bizni oldinda ko‘p mashaqqatlar kutib turibdi. Apreldagi jadvalimiz juda tig‘iz: «Atletiko» va «Bavariya» bilan kuch sinashamiz. Qisqasi, La-Ligada ham, YECHLda ham bizga oson bo‘lmaydi. Ammo «Madrid» - baribir, «Madrid» va bu yerda sovrinlar yutishing shart.

«Real» haqida

- Faoliyatimni Madridda yakunlasam, orzularim ushaldi deb hisoblasam bo‘laveradi. O‘zimni boshqa klubda ko‘rmayapman: barchasini Ronaldu yoki Beyl emas, jamoa uchun amalga oshiryapman.

Krishtianu Ronaldu haqida

- Krishtianu bilan munosabatlarimiz ajoyib, uning yonida o‘ynash yoqimli va oson. Ronaldu har doim, hatto mashg‘ulotlar vaqtida ham g‘olib chiqishga harakat qiladi. Uning aytishicha, Yevro finali vaqtida Fransiya termasining g‘alabaga ishonchi juda yuqori bo‘lgan ekan. Lekin Krishtianu birinchi bo‘limdan so‘ng kiyinish xonasida jamoadoshlariga shunday degan: «Biz yutamiz!». Amalda ham shunday bo‘lib chiqdi.

Zayniddin Zidan haqida

- U jamoaga ishonch bag‘ishlamoqda. Shuningdek, Zizu futbolchilar bilan qanday gaplashishni ham yaxshi biladi. Qolaversa, murabbiyimiz ancha og‘ir-bosiq: hech qachon ortiqcha hissiyotlarga berilmaydi, kerakli vaqtda bizlarni ham tinchlantirishni uddalaydi. Menimcha, u Fransiya terma jamoasini bemalol boshqara oladi.

Jamoaning o‘yin uslubi haqida

- Biz to‘pni nazorat qi-lishni yaxshi bilamiz, qarshi hujumlarda samarali harakat qilamiz. Shuningdek, har qanday o‘yin sharoitiga tez moslashamiz.

Terma jamoaga chaqirilmayotgani haqida

- Bu - og‘ir holat. Albatta, termaga chaqirilmaganimdan juda xafaman. Zero men uchun bosh jamoada to‘p surish - sharaf. Ayniqsa, «Real»dek klubda o‘ynab, termadan chetda qolsang, alam qilarkan. Didye Desham bilan Yevro-2016gacha ham, undan keyin ham gaplashganim yo‘q. Ammo shunisi aniqki, Fransiyani yaxshi ko‘raman, Vatanimga sodiqman. Tabiiyki, jamoaga nega chaqirilmayotganim xususida izoh so‘rashga haqqim bor, deb o‘ylayman. Ushbu muammo sira xayolimdan ketmaydi. Vaziyatni tahlil qilib, o‘zimcha o‘yladim: demak, hozir termada mendan kuchli futbolchilar bor! Kim nima desa, deyaversinu, ammo men milliy jamoa uchun bor kuchimni ishga solganman. Hali yoshman, g‘ayratim yetarli, shu bois, Deshamdan masalani tushuntirib berishini talab qilaman. Termaga bir yarim yildan beri chaqirilmayapman. Vaholanki, «Real»dek klubda sakkiz yildan buyon muntazam to‘p suraman. Bu esa ko‘p narsani anglatadi.

Matyo Valbuena bilan bog‘liq voqea haqida

- Garchi mojaroda aybdor bo‘lmasam-da, yetarlicha jazolandim. Ammo terma jamoaga chaqirilmaganimning sababi bosh-qa edi. Mazkur yoqimsiz voqea tarixini bilmaydigan odam qolmadi, hisob. Shuning uchun bu mavzuda ortiq gapirishni istamayman.

Didye Desham haqida

- Hech qachon Didye Desham yoki Fransiya futbol federasiyasi rahbari Noel Le Greni millatchi, deb hisoblamaganman. Hech qachon! Shaxsan men Fransiyada mudom qo‘llab-quvvatlashni his qilganman.

Antuan Grizmann haqida

- Grizmanning meni qo‘llayotganidan xursandman. U termaga jalb qilingach, aynan kaminaning o‘rnini egalladi. Biroq Antuanning Yevropa chempionatidagi ishtiroki ko‘pchilik qatori o‘zimni ham hayratga soldi: u milliy jamoaning muhim futbolchisiga aylandi.


A.ISROILXONOV tayyorladi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 08:18, 10.04.2017.
O'qildi: 6714 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.