Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Germaniya futbol akademiyasi O‘zbekistonda faoliyatini boshladi

Germaniya futbol akademiyasi O‘zbekistonda faoliyatini boshladi

Baho:
+1 | -

Futbol millionlar o‘yini. Dunyo bo‘ylab millionlar yoshlar va kattalar ushbu sport turi bilan shug‘ullanishadi. So‘nggi yillarda yurtimizda ham futbol jadallik bilan rivojlanmoqda va ayniqsa, bolalar futboliga bo‘lgan qiziqish ortmoqda.

Bugun Toshkentdagi Yoshlik sport majmuasida Germaniyaning “Fussball-Internat Schlotheim” futbol akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Junior Football League” bolalar futbol maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirning tantanali ochilish marosimida o‘zbek futboli afsonalari, uning rivojiga hissa qo‘shgan insonlar, FIFA referisi Ravshan Ermatov, murabbiylar Baxtiyor Ashurmatov va Ulug‘bek Baqoyev, yosh futbolchilar o‘z ota-onalari va yaqinlari bilan birga Germaniyadan tashrif buyurgan yosh futbolchilar, mutaxassislar ishtirok etishdi.

Ushbu maktabda bolalar alohida yosh toifalari bo‘linib, futbolning sir-asrorlarini o‘rganishadi. Dastlab maktabda “JFL-Tashkent”ning 3-6 yoshdagi dasturi ish boshlagan bo‘lsa, hozirda ularning safi kengayib, 2007-08 va 2009-10 yillarda tavallud topgan yoshlarni tayyorlash loyihasi ham ishga tushirilgan.

– Bu loyihani ishga tushirishdan asosiy maqsad kuchli futbolchilarni tayyorlashdan iborat. Bundan ikki tomon ham manfaatdor bo‘ladi, deb o‘ylayman. Bu yerda futbolchilar tayyorlanib, Germaniyaga borishadi va u yerda mahoratlarini oshirishadi. Bundan tashqari bizdan ham murabbbiylar va mutaxassislar o‘z tajribalarini mahalliy murabbiylar bilan o‘rtoqlashadi. Bizning maktab 2003-04 yilda ochilgan. O‘shanda biz ishni atigi to‘rt nafar bolalar bilan boshlaganmiz. Hozirda ularning biri maktabimizda murabbiylik qiladi. U mening birinchi shogirdlarimdan. Vaqt o‘tib, sekin-asta o‘z ishlarimizni kengaytirdik. Bizda asosan bolalar 11-12 yoshdan qabul qilinadi. O‘ylaymanki, bu hamkorligimiz orqali bir-biridan kuchli futbolchilar yetishib chiqadi. Bizning maqsadimiz o‘shalarga yordam berish, – deydi nemis futbol maktabi birinchi murabbiyi Xarald Frits.

Tadbirning ochilishi marosimidan so‘ng ishtirokchilar va mehmonlarga o‘zbek milliy taomi bo‘lmish palov ulashildi. Bundan tashqari bir-biridan xursand va quvnoq bolalar ajoyib Varrak-shouni ham tashkil qilishib berishdi.

Biz ham ushbu futbol maktabining ishlariga rivoj tilaymiz va kelajakda terma jamoamiz sharafini munosib himoya qiladigan futbolchilar yetishib chiqishiga umid qilamiz.

Manba: sports.uz
Kiritildi: 09:11, 10.04.2017.
O'qildi: 10161 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.