«PSJ» bosh murabbiyi Unai Emeri Fransiya chempionatida «Gengam» (4:0) ustidan qozonilgan g‘alabadan mamnun bo‘ldi.
«Birinchi bo‘limda raqib himoyasini yorib o‘tolmadik. Kavani va Matyuidi imkoniyatlardan foydalanmadi. Ikkinchi bo‘limdagi goldan so‘ng o‘yinimiz ochilib ketdi.
Kavani namoyish etgan o‘yindan mamnunman. U yuqori samaradorlikni ko‘rsatmoqda. Edinson bizning loyihaga ishonadi, u har bir o‘yinda gol urishni istayapti. Uning xizmati men uchun muhim. U hujumda ham, himoyada ham ter to‘kmoqda» - dedi Emeri L’Equipe xabarida.