UYEFA Chempionlar ligasi chorakfinal o‘yinlariga tayinlangan hakamlarni e’lon qildi.
«Bavariya» – «Real» o‘yinini Nikola Rissoli boshchiligidagi italiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. «Atletiko» - «Lester» o‘yinida Yunas Eriksson boshchiligidagi shvesiyalik hakamlar ishlaydi.
Har ikkala o‘yin ham 12 aprel kuni soat 23:45da boshlanadi.