Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/12 01:00 Atletik Bilbao 0-0 PSJ
11/12 01:00 Bayer 2-2 Nyukasl
11/12 01:00 Borussiya D 2-2 Bude-Glimt
11/12 01:00 Bryugge 0-3 Arsenal
11/12 01:00 Yuventus 2-0 Pafos
11/12 01:00 Real Madrid 1-2 Manchester Siti
11/12 01:00 Benfika 2-0 Napoli
11/12 15:00 Gamba Osaka 2-0 Ratchaburi
11/12 15:00 Tep Han Nam Din 9-0 Istern
11/12 17:15 Beyjing Guoan 1-2 Makartur
11/12 17:15 Tay Po 1-0 Kongan Hanoi
11/12 17:15 Pathum Yunayted 0-2 Tampines Rovers
11/12 17:15 Kaya–Iloilo 0-1 Poxang Stilers
13/12 00:45 Lechche - Piza
13/12 01:00 Real Sosyedad - Jirona
13/12 18:00 Atletiko - Valensiya
13/12 19:00 Torino - Cremonese
13/12 20:00 Chelsi - Everton
13/12 20:00 Liverpul - Brayton
13/12 20:15 Malyorka - Elche
13/12 22:00 Parma - Lasio
13/12 22:30 Byornli - Fulhem
13/12 22:30 Barselona - Osasuna

«Yuventus» – «Barselona»: asosiy tarkiblar qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

«Yuventus» – «Barselona»: asosiy tarkiblar qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finali dastlabki o‘yinlari bugun start oladi. Goal nashri Turinda bo‘lib o‘tadigan «Yuventus» hamda «Barselona» o‘rtasidagi bahs oldidan ikkala jamoaning asosiy tarkiblarini taxmin qilib ko‘rdi.

Ikkala jamoaning 2015-yilda Berlinda bo‘lib o‘tgan final to‘qnashuvida «Barselona» 3:1 hisobida ustun kelgan edi. Ammo shunday buyon ikkala jamoa ancha o‘zgardi, ayniqsa, «Yuventus» qator yetakchilaridan, jumladan, Pirlo, Teves va Pogbadan ayrildi. Bu safargi bahsda ham turinliklar darvozasini afsonaviy Janluiji Buffon qo‘riqlashiga shubha yo‘q. O‘ng qanot himoyasida Allegri Dani Alveshga o‘zining sobiq jamoasiga qarshi o‘ynash uchun imkon bersa kerak, biroq Stefan Lixshtayner ham tushishi mumkin. Chap qanotda esa Aleks Sandro o‘ynashi ehtimoli yuqori.

Himoya markazini shubhasiz Kellini-Bonuchchi juftligi tashkil etadi. Tayanch yarim himoyasida Xediraga Pyanich yoki Markizio sheriklik qiladi. Kuardado o‘ng qanotda, Manjukich chap qanotda hujumkorlik uchun javob beradi, Dibala hujum ortida o‘ynaydi va Iguain sof hujumchi rolida. Umuman, oldingi chiziq «Yuventus»ning bu mavsumdagi odatiy uslubidan voz kechmasa kerak.

«Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrikeda esa Serxio Buskets diskvalifikasiyasi tufayli yarim himoyada bosh og‘rig‘i mavjud. Busketsning o‘rnini to‘ldirish uchun Enrike ham Andre Gomeshni, ham Ivan Rakitichni tayanch yarim himoyasiga jalb etishi mumkin. Inesta va Serxi Roberto ulardan oldinroqda o‘ynaydi. Hujumda Neymar va Suares oldinda, Messi esa ularning ortida erkin rolda harakat qiladi.

Himoya uchligini Umtiti, Pike va Maskerano tashkil etishi ehtimoli yuqori. Shuningdek, Enrike Jordi Albani chap qanot himoyasiga tushirib, to‘rt himoyachi bilan o‘ynashi va Andre Gomeshni zaxirada qoldirishi ham mumkin. Shunga qaramay, jamoaning dushanba kungi mashg‘ulotlarida Andre Gomesh va Andres Inestaning uzoq muhokamalari kuzatilgan va mutaxassislar bunday tayyorgarlik portugaliyalik yarim himoyachining asosiy tarkibga kiritilishidan dalolat berishini aytmoqda.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 17:48, 11.04.2017.
O'qildi: 21664 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.