Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

OCHL. «Lokomotiv» so‘nggi daqiqada g‘alabani qo‘ldan boy berdi

OCHL. «Lokomotiv» so‘nggi daqiqada g‘alabani qo‘ldan boy berdi

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasining 4-turi doirasida "Lokomotiv" o‘z maydonida Eronning "Istiqlol" klubini qabul qildi va g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

"Temiryo‘lchilar" o‘yinni ancha faol boshlashdi. Bahsning 3-daqiqasida chap qanotda Zoteev va Mirzayev ijrosidagi kombinasiyadan keyin to‘p raqib jarima maydonchasiga yetkazildi, ammo to‘pni darvozaga yo‘llaydigan futbolchi topilmadi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, toshkentliklar hisobni ochishlari shart edi. Zoteev chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirib, uzatma berdi. Aliboyev 7-8 metrlardan bergan zarbani Mahdi Rahmatiy oyog‘i bilan qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Nihoyat, uyushtirilayotgan hujumlar 13-daqiqaga kelib, o‘z samarasini berdi. Mezbonlar maydon markazida raqibni to‘pni olib qo‘yishdi va Masharipov chiroyli uzatma bilan Bikmayevni jarima maydonchasiga boshladi. Marat o‘tkir burchak ostida aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Oradan 2 daqiqa o‘tib hisobdagi farq ikkitaga oshishi kerak edi. Chap qanotdan tashkil etilgan chiroyli kombinasiya tufayli Mirzayev jarima maydonchasi ichida zarbavor vaziyatga chiqdi. Ammo Sardor 10 metrlardan na aniq zarba berdi, na aniq uzatma.

Bo‘limning ikkinchi yarmidan boshlab ustunlik tehronliklar tomoniga o‘ta boshladi. Natijada Yelichich shogirdlari himoyalanishga majbur bo‘ldilar. 40-daqiqadada Ibrohimiy yo‘llagan jarima zarbasi juda xavfli bo‘ldi. Nesterov to‘pga tashlanmadi, to‘p esa ustun yonginasidan o‘tib ketdi.

Ikkinchi bo‘limni forslar tashabbus bilan boshlashdi, ammo taymdagi ilk xavfli vaziyatni "temiryo‘lchilar" yaratishdi. Masharipovning uzatmasidan keyin Bobur to‘pni jarima maydonchasining o‘ng tomonida qabul qildi va darhol bir himoyachini aldab, darvozabon maydonchasiga yaqinlashdi, ammo so‘nggi pallada yakuniy qarorni qabul qilishda oqsadi.

Ikkinchi 45 daqiqalik tengkurashlar ostida kechdi. Vakillarimiz yaxshi himoyalanishdi, ammo qarshi hujumlardan foydalanishda dadil harakat qila olishmadi. Boz ustiga, o‘yin tugashiga 3 daqiqa qolganida hujumga o‘tayotgan o‘zbekistonliklar to‘pni oldirishdi va qarshi hujumda gol o‘tkazib yuborishdi.
Himoyamizda katta bo‘shliqqa ega bo‘lgan forslar imkoniyatdan foydalanishdi: Rizoiy aniq zarba bilan darvoza burchagini ishg‘ol qildi.

Oradan bir daqiqa o‘tib Bikmayev ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Qanotdan yerlatib yetkazilgan uzatmaga Marat yetib keldiyu, yaqin masofadan aniq zarba bera olmadi.

Shu tariqa, "Lokomotiv" yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olmasdan, butun o‘yin yaxshi harakat qilib, g‘alabani qo‘ldan chiqarib yubordi. "Loko" o‘z ochkolarini 4taga yetkazib qo‘ydi.

OCHL, "A" guruhi, 4-tur, 16:00
"LOKOMOTIV" - "ISTIQLOL" 1:1 (1:0)
Gollar: Marat Bikmayev (13) — Kaveh Rizoiy (87)
Ogohlantirishlar: Kaxi Maxaradze (39) Sherzod Fayziyev (90+3) —  Ali Qurboniy (19)
"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 4.Boburbek Yo‘ldoshev (SHerzod Fayziyev 80), 5.Kaxi Maxaradze, 9.Ikrom Aliboyev, 10.Marat Bikmayev, 15.Sardor Mirzayev, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev (S), 33.Oleg Zoteev, 42.Muhammad Kone, 77.Diyor Turopov (Quvondiq Ro‘ziyev 64), 99.Jaloliddin Masharipov (Nyore Krizo (85)
"Istiqlol": 1.Mahdi Rahmatiy, 3.Robson Juniario, 6.Umid Ibrohimiy, 9.Kaveh Rizoiy, 14.Farshid Bag‘iriy, 17.Ali Qurboniy (Behnam Barzay 82), 18.Milod Zakipurkinjiy, 21.Vorya G‘afuriy (Xusro Haydariy 62), 28.Sayid Muhsin Karimiy (Jobir Ansoriy 58), 88.Farshid Ismoiliy, 90.Leandro Padovaniy
Bosh hakam: Adham Muhammad Maxadma (Iordaniya)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:51, 11.04.2017.
O'qildi: 10258 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.