Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

OCHL-2017. «Lokomotiv» so‘nggi o‘rinda, ammo imkoniyati bor. «Bunyodkor»da hammasi tamom bo‘ldi

OCHL-2017. «Lokomotiv» so‘nggi o‘rinda, ammo imkoniyati bor. «Bunyodkor»da hammasi tamom bo‘ldi

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar ligasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan «Lokomotiv» va «Bunyodkor» klublari 4-turda zafar qucha olmadi.

«Temiryo‘lchilar» o‘z maydonida «Istiqlol» bilan durang o‘ynadi. G‘alaba asosiy vaqt yakuniga uch daqiqa qolganida qo‘ldan chiqarildi.

4-turdan keyin «Lokomotiv» 4 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Uning kabi 4 ochkosi bor bo‘lgan debyutant «At-Taavun» o‘z maydonida «Lokomotiv»dan ustun kelgandi — 1:0.

Navbatdagi ikki turning birida «Lokomotiv» o‘z uyida «At-Taavun»ni qabul qiladi, shuningdek, guruh peshqadami bo‘lgan «Al-Ahli» uyiga safar etadi. Tomonlarning Toshkentdagi o‘yinida Mirko Yelichich jamoasi 2:0 hisobida zafar quchgandi.

Ma’lumot uchun, «Lokomotiv» Chempionlar ligasidagi eng yaxshi natijasiga 2016 yilgi mavsumda erishgan bo‘lib, chorak finalga qadar yetib borgandi. Server Jeparov, Sanjar Shoahmedov, Temurxo‘ja Abduxoliqovning jamoadan ketishi esa o‘tgan mavsum guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz o‘tkazgan klubni bu yil qiyin ahvolda qoldirdi.

«Bunyodkor»da esa guruh bosqichini muvaffaqiyatsiz yakunlash an’ana tusiga kirdi. Chunki qatorasiga uchinchi bor klub undan o‘ta olmadi. Uch safar ham jamoa maydonga Sergey Lushchan boshqaruvida chiqib keldi.

Avvalgi intervyularida Lushchan klub rahbariyati haydab yubormagunicha ishlayverishini va iste’fo bermasligini aytib o‘tgandi.

Ma’lumot uchun, Sergey Lushchanga qadar «Bunyodkor» ketma-ket yetti yil davomida Chempionlar ligasining guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlay olgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:01, 12.04.2017.
O'qildi: 7712 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик