Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

«Bavariya» – «Real»: taxminiy asosiy tarkiblar

«Bavariya» – «Real»: taxminiy asosiy tarkiblar

Baho:
+ | -

«Yuventus» va «Barselona» o‘rtasidagi bahsdan keyin bugun Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibligiga da’vogar yana ikki jamoaning bahsiga guvoh bo‘lamiz – Myunxenda «Bavariya» «Real»ni qabul qiladi.

Goal nashri ushbu o‘yin uchun ham asosiy tarkiblarni taxmin qilib ko‘rdi.

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski seshanba kungi mashg‘ulotlarda atigi 20 daqiqagina harakat qildi. Karlo Anchelotti polshalik hujumchi yelkasidagi og‘riqni his qilishda davom etsa uni maydonga tushirmasligini ma’lum qilgan. Shunday bo‘lgan taqdirda myunxenliklar hujumining old qismida Tomas Myuller maydonga tushadi. Uning ortida esa Riberi – Tiago Alkantara – Robben uchligi harakat qiladi.

Tayanch yarim himoyasini Xabi Alonso va Arturo Vidal ta’minlasa, himoyada Alaba – Boateng – Xavi Martines – Lam to‘rtligi harakat qilishi kutilmoqda. «Bavariya» darvozasini esa har doimgidek Manuel Noyer qo‘riqlaydi.

«Real» oldingi chizig‘ida esa Karim Benzemaning jismoniy holati bilan muammolar bor – u seshanba kunig mashg‘ulotlarda 40 daqiqa harakat qilgan. Fransiyalik hujumchi o‘yinga tayyor bo‘lmagan taqdirda uning o‘rnida Alvaro Morata harakat qiladi. Hujum qanotlarida jamoaning ikki eng qimmat futbolchisi – Ronaldu va Beyl maydonga tushishi shubhasiz.

Toni Kroos, Kazemiro va Luka Modrich madridliklarning o‘rta chizig‘ini tashkil etadi. «Real»nig himoya chizig‘i muammolardan holi emas – mudofaa markazidagi ikki futbolchida jarohat bor: Varan va Pepeda. Shu sababli Serxio Ramosga Nacho sheriklik qiladi. Chap qanotda Marselo o‘ynaydi, o‘ng qanotda esa «Atletiko» bilan o‘yindan keyin endi mashg‘ulotlarga qaytgan Dani Karvaxal harakat qilishi mumkin.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 21:06, 12.04.2017.
O'qildi: 10671 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик