«Torino» klubi rahbariyati hujumchi Andrea Belottini «Chelsi»ga sotmadi.
Tuttosport xabariga ko‘ra, londonliklar hujumchi uchun 60 mln yevro taklif qilgandi. Bundan tashqari, agar u jamoa tarkibida o‘ynab ketolsa, bonuslarni ham va’da qilgandi. Biroq turinliklar bu narxni juda pastligini ro‘kach qilib, taklifni rad qilishdi.
Joriy mavsumda Andrea Belotti 24ta gol urib, A seriya to‘purarlari ro‘yxatini boshqarmoqda.