Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Maksim Shaskix nega "Birodar Abduraimov nomidagi to‘purarlar klubi"ga kiritilmagan?

Maksim Shaskix nega "Birodar Abduraimov nomidagi to‘purarlar klubi"ga kiritilmagan?

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq hujumchisi, afsonaviy o‘zbek to‘purari Birodar Abduraimovning o‘g‘li Azamat Abduraimov hamda ukrainalik taniqli sport jurnalisti, tahlilchi, futbol statistikasi bo‘yicha bilimdon mutaxassislardan biri Viktor Yeryomin-Xoxlyuklarning fikricha, yaqin-yaqingacha terma jamoamiz sharafini himoya qilib kelgan hujumchi Maksim Shaskix Birodar Abduraimov nomidagi to‘purarlar klubiga a’zo qilib olinishi kerak va u bunga to‘la haqli.

Azamat Abduraimov (Birodar Abduraimov nomidagi o‘zbek to‘purarlari klubi a’zosi): - Maksimning nomi klub ro‘yxatidan chetda qolishi - bu qandaydir anglashilmovchilik. Menimcha, u klub a’zoligiga haqli va buning uchun barcha talablarni bajargan. O‘rni kelganda ta’kidlashim kerak, men ham shu klub a’zosi sanalaman hamda bundan faxrlanaman. E’tibor bering, taqdir taqozosi bilan to‘rtta chempionatda tup surib, ko‘plab gollar urdim. Maksimda ham xuddi shunday bo‘lgan. Birgina Maks emas, bir qator o‘zbek futbolchilari xorij chempionatlarida gol muallifi bo‘lishgan. Demak, yakuniy natijalar hisoblanayotgan paytda buni ham alohida e’tiborga olish zarur. Xullas, mazkur klub haqidagi g‘oya muallifi bo‘lmish Vladimir Ashotovich Safarov bilan bog‘lanib, Birodar Abduraimov nomidagi o‘zbek to‘purarlari klubiga ba’zi juz’iy o‘zgartirishlar kiritish borasida gaplashish kerak.

Viktor Yeryomin-Xoxlyuk: - Mazkur masala bo‘yicha Azamatning fikriga to‘la-to‘kis qo‘shilaman. Sababi, mening hisob-kitoblarimga ko‘ra, Maksim Shaskix klublar miqyosidagi turli rasmiy o‘yinlar va turnirlarda jami 183ta golga mualliflik qilgan. Endi oddiy arifmetikadan foydalanib, bu natijaga O‘zbekiston terma jamoasi libosida urilgan yana 34ta golni qo‘shamiz. Demak, jami gollar soni - 217ta. Bu esa tabiiyki, klubga qabul qilinish uchun talab qilinganidan 17ta gol ortiq, degani. Ammo bu haqda avval to‘purarlar klubi reglamentiga ham bir nazar solib chiqish kerak. Umuman olganda, ayni paytda faoliyat yuritayotgan yana boshqa futbolchilar haqida ham savollar yig‘ilib qolgan...

Birodar Abduraimov nomidagi o‘zbek to‘purarlari klubi

Reglament: Mazkur ramziy klubga o‘zbek futbolidagi faoliyati davomida 200tadan ko‘p gol urgan, O‘zbekiston fuqarosi hisoblangan futbolchilar qabul qilinadi. Klub Toshkentning «Paxtakor» jamoasida to‘p surgan afsonaviy o‘zbek futbolchisi Birodar Abduraimov nomi bilan yuritiladi. Unga 2001 yili O‘zbekiston futbol federasiyasi tomonidan asos solingan.

21.05.2016 holatiga ko‘ra (Vikipediya ma’lumotlariga asosan)

№.  Futbolchi                          O‘CH       O‘K      TJ     XO‘      Jami

1.    Ravshan BOZOROV             264      32      6         14       316

2.    Igor SHKVIRIN               231      21      21       12       285

3.    Ja’far IRISMETOV       210      31      18       15       274

4.    Azamat ABDURAIMOV       162      17      39       40       258

5.    Yuriy SARKISYAN              223      -         -         18       241

6.    Pyotr AGEEV                       220      6        -         2         228

7.    Birodar ABDURAIMOV    151      15      23       32       221

8.    Rustam DO‘RMONOV           171      40      4         1         216

9.    Furqat ESONBOYEV           214      -         -         -          214

10.   Mirjalol QOSIMOV        112      39      46       13       210

11.   Oybek USMONXO‘JAYEV      163      31      2         9         205

12.   Gennadiy KRASNISKIY   142       9          14        32        197

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:22, 13.04.2017.
O'qildi: 7166 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.