Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino - Yuventus

«Dinamo» - «Buxoro»: 43-bahs kimga ataladi?

«Dinamo» - «Buxoro»: 43-bahs kimga ataladi?

Baho:
+ | -

Turning e’tiborli o‘yinlaridan biri Samarqandda o‘tadi. Oliy Liga startida yaxshi taassurot qoldirayotgan ikki jamoa «Dinamo» va «Buxoro» o‘zaro bahsda maydonga tushishadi.

O‘YIN SERAZETDINOVGA TOPSHIRILDI

Oliy Liga 6-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarni boshqarib boradigan hakamlar ro‘yxati e’lon qilindi. Unga ko‘ra, «Dinamo» - «Buxoro» uchrashuvini boshqarib borish toshkentlik Viktor Serazetdinovga topshirildi. Uchrashuv nazoratchisi Rashid Aytekov.

Oliy Liga. 6-tur.

15 aprel (shanba)

«Dinamo» (Samarqand) – «Buxoro» (Buxoro)

Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), F. Yormuhamedov (Toshkent), B. Bahromov (Toshkent), B. Yulcharayev (Guliston)

Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

O‘zPFL vakili: V. Letkin.

Uchrashuv boshlanish vaqti: 17:00, «Dinamo» stadioni.

JORIY MAVSUMDA…

Samarqand va Buxoro jamoalari joriy yilgi mavsum oldidan ham o‘zaro nazorat uchrashuvida maydonga tushishgandi. Fevral oyida Toshkentda o‘tgan bahsda Ulug‘bek Baqoyev shogirdlari jamoamiz ustidan 2:1 hisobida zafar quchishgandi. 6 fevral kungi bahsda «Dinamo»dan Abdumalik Abdullayev hisobni ochgan bo‘lsa, «Buxoro»dan Ivan Nagayev va San’at Shixovlar gollarni urishgandi.

Oliy Liganing dastlabki 5 turida «Dinamo» singari «Buxoro» ham 3 ta g‘alaba, ikki mag‘lubiyatga uchragan holda turnir jadvalida gollar nisbatiga ko‘ra, 5 va 7-o‘rinlarni egallab turishibdi.

O‘ZARO UCHRASHUVLAR

O‘zbekiston milliy chempionati start berilgan 1992 yildan buyon «Dinamo» va «Buxoro» klublari Oliy Ligada shu kungacha 42 bor kuch sinashishgan. Shundan 20 ta bahsda “Buxoro”, 15 uchrashuvda esa “Dinamo”ning qo‘li baland kelgan. 7 ta o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik “Buxoro” tomonida: 57:53. “Buxoro” o‘zaro o‘yinlarda 67 ochkoga ega bo‘lgan, “Dinamo” esa 52 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Dinamo”ning “Buxoro” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 4:1ga teng bo‘lsa, “Buxoro”ning samarqandliklar ustidan erishgan eng yirik g‘alabasi – 6:0.

Samarqandda bo‘lib o‘tgan 20 ta o‘yinning 11 tasida “Dinamo” g‘alaba qozongan. To‘rtta bahsda jamoalar durang o‘ynashgan. 5 ta uchrashuvda “Buxoro” uyiga g‘alaba bilan qaytgan.

Jamoalarning o‘zaro so‘nggi o‘yini 2015 yilning 8 avgust kuni o‘tkazilib, Samarqanddagi o‘sha bahsda Ildar Mamatkazin va Feruz Boboqulovlarning gollari «Dinamo»ga g‘alaba keltirgan edi.

Samarqandda bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv:

08.08.2015 «Dinamo» - «Buxoro» 2:0

02.11.2014 «Dinamo» - «Buxoro» 0:0

11.05.2013 «Dinamo» - «Buxoro» 1:0

20.06.2012 «Dinamo» - «Buxoro» 0:1

12.03.2011 «Dinamo» - «Buxoro» 0:1

ESKI TANISHLAR…

«Dinamo» - «Buxoro» uchrashuvi ayni damda ikki jamoada to‘p surayotgan aksariyat o‘yinchilar uchun alohida ahamiyatga ega.

Jumladan, «Dinamo»ning buxorolik hujumchisi Sardor Sulaymonov o‘tgan mavsumda «Buxoro» klubi sharafini himoya qilgan. Biroq, bu bahsda u sobiq jamoasiga qarshi o‘ynay olmaydi. Sababi Sulaymonov o‘tgan o‘yinda qizil kartochka olib, «Buxoro» va «Bunyodkor»ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.

«Buxoro» tarkibidagi murabbiy va aksariyat futbolchilar ham begona emas. Xususan, jamoa murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev 2010 yilgi mavsumda «Dinamo» sharafini himoya qilgan bo‘lsa, himoyachi Artyom Filiposyan (2015), hujumchi Ivan Nagayev (2011-2013) va yarim himoyachi San’at Shixovlar (2013-2014) «Dinamo» sharafini munosib himoya qilishgan.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 12:36, 14.04.2017.
O'qildi: 4839 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик