Le Parisien xabariga ko‘ra, PSJ klubining yarimhimoyachisi Marko Verratti jamoani tark etishi mumkin.
Futbolchi klubning yozgi transfer darchasida jiddiy kuchayishini kutmoqda. Agar bu ish amalga oshmasa, u boshqa klubga o‘tishni rejalashtirmoqda.
24 yoshli Verratti Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni maqsad qilgan, ammo Fransiya chempionatidagi muvaffaqiyatlarga qaramasdan, PSJ Yevropada zafar qucholmayapti.