Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Shavkat Saidov: «Navbahor» bejizga peshqadamlar safida yurmaganini ko‘rdik

Shavkat Saidov: «Navbahor» bejizga peshqadamlar safida yurmaganini ko‘rdik

Baho:
+ | -

"Metallurg" - "Navbahor" (0:0) bellashuvi yakunlangach mezbon jamoa boshlig‘i Shavkat Saidov o‘yin to‘g‘risida taasurotlarini so‘zlab berdi.

"Bejizga "Navbahor" musobaqa jadvalida peshqadamlar qatorida bormayotganiga birinchi bo‘limda guvoh bo‘ldik. Ammo, ikkinchi taymda tashabbus yuz foiz bizning tomonda bo‘ldi.

Imkoniyatlarimizdan unumli foydalan olmadik. Futbolda "omad" degan atama bor. U bizga bugun kulib boqmadi. Shuning uchun durang qayd etildi. Statistikaga yuzlanadigan bo‘lsak, chindan ham "Navbahor" "Metallurg" uchun noqulay raqib hisoblanadi. Har mavsum uy va safar o‘yinlarida namanganliklarga qarshi o‘ynash og‘ir kechadi.

"Sho‘rtan" bilan o‘z maydonimiz va mehmondagi o‘yinlarda omadimiz chopadi. G‘uzorliklar biz uchun qulay raqib. Biroq, "Navbahor" bilan vaziyat boshqacha. Jamoaning natijalariga ruhiyat ham katta ahamiyatga ega. Navbatdagi "Qo‘qon-1912"ga qarshi bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz", - dedi Saidov.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 11:14, 16.04.2017.
O'qildi: 4116 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.