Angliya terma jamoasi futbolchisi Jek Uilshir “Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Vengerga minnatdorchilik bildirib, uni xurmat qilishini aytib o‘tdi.
“Venger – men uchun doim yaqin inson bo‘lgan. Meni yosh bo‘lishimga qaramay, “Arsenal” tarkibida maydonga tushib, o‘zimni ko‘rsatish uchun imkoniyat yaratib bergan.
Arsen doim menga ishongan va og‘ir kunlarimda yonimda bo‘lgan. Venger – buyuk murabbiy va men usiz “Arsenal”ni tasavvur qila olmayman”, - deydi Uilshir The Sport Review nashriga.