Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

INtervyu. Bobur Yo‘ldoshev: «Natijani ushlashga intilish pand berdi»

INtervyu. Bobur Yo‘ldoshev: «Natijani ushlashga intilish pand berdi»

Baho:
+ | -

«Lokomotiv» hamda «Istiqlol» (1:1) klublari o‘rtasida kechgan OCHL 4-tur bahsidan so‘ng «temiryo‘lchilar» himoyachisi Bobur Yo‘ldoshevdan intervyu oldik. E’tiborlisi, mehmonlar u maydondan chiqib ketganidan so‘ng darvozamizni ishg‘ol qilishgandi.

- Bobur, bugungi uchrashuvning ahamiyati «Lokomotiv» uchun juda yuqori edi. Lekin jamoangiz kutilgan natijani qayd eta olmadi. Buning sabablarini qanday izohlaysiz?

- O‘yin ahamiyatining yuqori ekanligini barchamiz yurakdan his qilib turgandik. Bahs qiyin kechishini bilardik. Lekin har doim ham o‘ylagan narsangiz amalga oshavermas ekan. Qolaversa, raqib juda kuchli edi. Ikkinchi bo‘limda natijani ushlab qolishga intildik. Bu esa bizga pand berdi.

- Xolis aytganda, bugungi natija o‘yinga mos bo‘ldimi?

- Yo‘q, g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Aytib o‘tganimdek, natijani saqlab qolish payida bo‘ldik. Mabodo ertaroq gol o‘tkazib yuborganimizda, ishonchim komil, raqib darvozasini yana ishg‘ol qilardik. Shunday bo‘lsa ham so‘nggi daqiqada g‘alaba to‘pini kiritishga juda yaqin kelgandik. Afsuski, imkoniyatdan foydalana olmadik. Mayli, bu - futbol. Oldindan qanday natija bo‘lishini hech kim bilmaydi.

- To‘g‘riku-ya, lekin birinchi bo‘lim o‘rtalaridan keyin tashabbusni deyarli raqibga berib qo‘ydinglar. Bunga juda ham erta emasmidi?

- Ha, to‘g‘ri. Lekin uchrashuv avvalida yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanganimizda, o‘yin umuman boshqacha hisob bilan yakunlanardi. Bizga ochko ko‘proq kerak bo‘lgani uchun tavakkal qila olmasdik.

- Bahs oldidan murabbiylar qanday ko‘rsatma berishgandi?

- Albatta, hujumkor futbol namoyish etishimiz so‘ralgandi. Ijobiy natijaga erishish uchun raqib darvozasini ishg‘ol qilishimiz kerak edi. Gol urdik, lekin so‘nggi daqiqalarda o‘z darvozamizdan ham to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldik. Bu esa juda alamli edi.

- Ikkinchi bo‘limdagi bosimdan keyin raqib baribir, qaysidir epizoddan foydalanishi aniqqa o‘xshab qolgandi. Bunday vaziyatda eng yaxshi himoya - hujum, deyishadi...

- Fikringizga yuz foiz qo‘shilaman. Murabbiylar ikkinchi bo‘limda qarshi hujumga ko‘proq e’tibor qaratishimizni so‘rashgandi. Ammo oldingi chiziqdagi ishlarimiz yurishmadi.

- «Istiqlol» guruhdagi eng kuchli jamoami?

- Menimcha, kvartetimizda kuchsiz klubning o‘zi yo‘q. Hammada guruhdan chiqish uchun imkoniyat bor. Kurash so‘nggi daqiqalargacha davom etadi. Bir narsani ishonch bilan ayta olaman, «Istiqlol»ni bemalol mag‘lub etsak bo‘lardi. Afsuski, yuzaga keltirilgan qulay vaziyatlardan foydalana olmadik. Qolaversa, omad ham yetishmadi. Mayli, shunday bo‘lishi kerak ekan.

- Ochig‘i, o‘tkazib yuborilgan golda kimnidir ayblash qiyin. Himoyachilarimiz o‘yindan tashqari holat bo‘ldi, deb o‘ylashdi. Bu borada shaxsiy fikringiz qanday?

- E’tibor bergan bo‘lsangiz, qanot hakami o‘sha vaziyatda avval bayroqchasini ko‘tardi, keyin esa birdaniga tushirdi. Ushbu holat futbolchilarni ikkilantirib qo‘ydi. Nima ham derdik, bu bilan hayot to‘xtab qolmaydi. Xatoni to‘g‘rilash uchun oldinda o‘yinlar bor. Vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirishga astoydil harakat qilamiz. Ishlashda davom etamiz. Shaxsiy fikrim, hamma futbolchilar jonlarini berib o‘ynashdi. Hech kim o‘yinga yuzaki yondashgani yo‘q.

- «Sho‘rtan»dan qabul qilingan mag‘lubiyat futbolchilarning ruhiyatiga salbiy ta’sir o‘tkazmadimi?

Davomi: www.iff.uz

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:40, 17.04.2017.
O'qildi: 5082 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.