Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

OCHL–2017. “Lokomotiv” – “Al-Tavun” uchrashuvi qatarlik hakamlarga topshirildi

OCHL–2017. “Lokomotiv” – “Al-Tavun” uchrashuvi qatarlik hakamlarga topshirildi

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “A” guruhi 5-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” (O‘zbekiston) – “Al-Tavun” (Saudiya Arabistoni) bellashuvini boshqaradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi.

Uchrashuv bosh hakami etib qatarlik Abdulrahmon Ibrohim al-Jassim tayinlandi. Qanotlarda uning hamyurtlari Tolib Salim al-Marri va Saud Ahmad al-Maqaleh ishlaydi. To‘rtinchi hakam vazifasini ham qatarlik referi — Saud Ali al-Abda bajaradi.

Filippin vakili Richard Del Fonso Joson o‘yin komissari bo‘lib ishlaydi. Hakamlar nazoratchisi – Ali Hamad Madhad Saif al-Bedvavi (BAA).

“Lokomotiv” va “Al-Tavun” o‘rtasidagi uchrashuv 25 aprel, seshanba kuni TTZ mavzesida joylashgan “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 17:00 da boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, “A” guruhi 4-turidan keyin “Lokomotiv” 4 ochko jamg‘argan holda so‘nggi, 4-pog‘onada bormoqda. “Al-Tavun” hisobida ham 4 ochko mavjud, ammo jamoa “Lokomotiv”ni mag‘lub etgani uchun o‘zaro o‘yinlar hisobida 3-o‘rinda bormoqda.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 14:08, 18.04.2017.
O'qildi: 4975 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик