Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Legionerlarimizda samara chakki emas

Legionerlarimizda samara chakki emas

Baho:
+ | -

Jami 4ta gol. Qatar chempionatining so‘nggi, 26-turi hamyurtlarimiz uchun omadli keldi. Xususan, ikki nafar futbolchimiz - Temurxo‘ja Abduxoliqov va Sanjar Shoahmedovni o‘z safiga jamlagan «Al-Sayliya» o‘z maydonida «Al-Vakra»ni 3:1 hisobida yengdi. Mazkur g‘alabada Temurxo‘ja bosh rolni bajardi. Ya’ni «Sayliya»ning 2ta goli uning hisobiga yozildi. Sardor Rashidovning klubi - «Al-Jaish» esa safarda «Al-Sadd» bilan to‘qnash kelib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berli.

«Jaish»ning yagona goliga  aynan terma jamoamiz yarim himoyachisi mualliflik qildi. Sanjar Tursunov ham maydonni golsiz tark etmadi. Uning 9-daqiqada yo‘llagan  ajoyib zarbasidan so‘ng  «Al-Huraytiyat» hisobda oldinga chiqib oldi. Keyinchalik «Al-Garafa» darvozasi yana bir bora o‘qqa tutildi. Gol muallifi - Tiberkani. Xullas, Tursunov jamoa­si 2:0 hisobida zafar quchib, chempionatni yaxshi kayfiyatda yakunladi.

Qatar Yulduzlar ligasining 2016-2017 yillar mavsumida «Lahviya» chempionlikni tantana qilgan bo‘lsa, hamyurtlarimiz jamoalari quyidagi natijalarga erishdi:

 «Al-Jaish» (Sardor Rashidov) - 4-o‘rin

 «Al-Huraytiyat» (Sanjar Tursunov) - 7-o‘rin

 «Al-Sayliya» (Temurxo‘ja Abduxoliqov, Sanjar Shoahmedov) - 8-o‘rin

Umuman, Sardor Rashidov chempio­nat davomida 15ta gol urib, to‘purarlar qatoridan joy oldi. Temurxo‘ja Abduxoliqov hisobida 7ta gol yig‘ildi. Sanjar Tursunov va Sanjar Shoahmedov esa raqiblar darvozasini 2 martadan ishg‘ol qilishdi.

Peshqadam oldida ojizlik. Tarkibida Aziz Haydarov to‘p surayotgan «Al-SHabab» BAA chempionati 23-turida turnir jadvali peshqadami «Al-Jazira» mehmoni bo‘ldi. Lekin hamyurtimiz jamoaning boshqa legionerlari qatori mazkur o‘yin qayd­nomasiga kiritilmadi. Xullas, xorijliklarsiz o‘ynagan «Shabab» yetakchiga munosib qarshilik ko‘rsatolmay, 0:3 hisobida yengildi. Natijada «Al-Jazira» o‘z ochkolari sonini 59taga yetkazib, peshqadamlik mavqeini yanada mustahkamladi. Haydarov jamoasi esa 26 ochko bilan 8-pog‘onada bormoqda.

Xitoydagilar «dam» olishdi. Xitoy super-ligasi 5-turida biror vakilimiz maydonga tushmadi. Legio­nerlarimiz jamoalari natijalariga to‘xtalsak, «Pekin Guoan» safarda «Shandon Luneng»ga qarshi bahs olib borib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Eng achinarlisi, pekinliklar safidagi Egor Krimes joriy mavsum hali biror o‘yinda ishtirok etgani yo‘q. Mag‘lubiyatga qaramay, 7 ochkoga ega «Pekin Guoan» 8-o‘rinda qoldi.Portugaliyalik Andre Villash-Boash esa «Shanxay SIPG»ning safarda «Tyanjin Kuanjin»ga qarshi o‘yinida Odil Ahmedov xizmatiga ehtiyoj sezmadi. 1:1 hisobi qayd etilgan uchrashuvdan so‘ng «SIPG»­ning ochkolari soni 10taga yetdi va u turnir jadvalining 4-pog‘onasiga tushdi.«Chanchun Yatai» himoyachisi Anzur Ismoilov ham bu safar o‘yin amaliyotisiz qoldi. Hamyurtimizsiz maydonga tushgan «Yatai» garchi o‘z maydonida o‘ynagan bo‘lsada, «Shanxay Shenxua» oldidan ojiz qoldi - 2:3. Jamoa 5ta turda atigi 1 ochko oldi va turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasini band etib turibdi.

Jeparov ancha faol. Eron chempio­natida 27-tur uchrashuvlari ortda qoldi. Tarkibida Server Jeparov to‘p surayotgan «Sepahon» bu safar «Fulad Gostaresh»ni qabul qilib, yagona gol evaziga 3 ochko ishladi. Terma jamoamiz vakili mazkur natijaga to‘liq 90 daqiqa davomidagi faol harakatlari bilan hissa qo‘shdi. G‘alabadan so‘ng «Sepahon» 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Uning hisobida 39 ochko bor.

Atigi 8-10 daqiqa. Bahodir Pardayevning yangi klubi -  «Bucheon 1995»  Janubiy Koreya birinchi divizioni navbatdagi turida «Nejon Sitizen»ni qabul qilib, 1:1 hisobi bilan cheklandi. Hamyurtimiz uchrashuvning 82-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. «Bucheon» ayni payt 13 ochkoga ega va musobaqa jadvalining 4-o‘rnida bormoqda.

Musayev qahramonlardan biri. 

Bu hali hammasi emas, davomi bu yerda

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 15:59, 18.04.2017.
O'qildi: 6395 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.