Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Aleksandr Kleskov: Gruziyaga kelishimga Kaxi Maxaradze sababchi bo‘ldi

Aleksandr Kleskov: Gruziyaga kelishimga Kaxi Maxaradze sababchi bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘z vaqtida O‘zbekiston milliy termasi hamda «Paxtakor» klubidagi o‘yinlari orqali tanilgan Aleksandr Kleskov faoliyatini Gruziya chempionatida davom ettiryapti. Tajribali himoyachi yaqinda «Shukura» jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Erovnuli ligada 10ta jamoa ishtirok etadi. Kobuleti shahri klubi dastlabki 6ta turdan so‘ng 2 ochko bilan so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.

Ushbu jamoa 1968 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uy o‘yinlarini 6000 tomoshabinga mo‘ljallangan «Chele Arena» stadionida o‘tkazadi. Bosh murabbiyi - Gia Guruli. «Shukura» safida Aleksandr Kleskovdan tashqari, rossiyalik Azamat Jioyev, Irakli Cheziya va braziliyalik Jefinyo kabi legionerlar to‘p surishadi.

Kuni kecha «Shukura» o‘z uyida chempionat peshqadami - Tbilisining «Lokomotiv» klubiga yirik (0:5) hisobda mag‘lub bo‘ldi. Aynan mana shu uchrashuvda Kleskov Gruziya chempionatidagi debyutini nishonladi. Sasha yangi jamoasi safida 27-raqamda o‘ynamoqda. Biz omadsiz kechgan o‘yindan so‘ng futbolchimizdan intervyu oldik.

- Sasha, Gruziya klubiga o‘tishingiz qay tarzda amalga oshdi?

- Bu borada menga «Paxtakor» klubida birga to‘p surgan, hozirda «Lokomotiv»da o‘ynayotgan do‘stim Kaxi Maxaradze yordam berdi. Kobuleti shahriga yetib bordim. Jamoaning kichik yig‘inida ishtirok etdim.

Murabbiyga harakatlarim ma’qul keldi. Klub prezidenti bilan gaplashdik. Shundan so‘ng «Shukura» bilan mavsum so‘ngiga qadar amal qiluvchi shartnomaga imzo chekdim. Gruziya chempionatida agar erkin agent maqomida bo‘lsangiz, mavsum boshlanganidan keyin ham bitim tuzish mumkin ekan. Men borgan paytimda chempionatning 4ta turi ortda qolgandi. O‘FFdan tegishli hujjatlar kelishi bilan yangi klubim safida maydonga tushishga ruxsat berishdi.

- Ilk taassurotlar qanday?

- Juda yaxshi kutib olishdi. Eng muhimi, bu yerda o‘zimni yolg‘iz his qilmayapman. «Paxtakor»da birga to‘p surgan gruziyalik do‘stim Irakli Klimiashvili ham «Shukura»da o‘ynaydi. U tez-tez o‘zbek futboli xususida savollar beradi. Irakli yangi muhitga moslashib ketishimda yordam beryapti. Qolaversa, murabbiyimiz ham ajoyib inson ekan.

- Klub bazasida yashayapsizmi?

- Yo‘q. Stadionga yaqin kvartaldan uy berishgan.

- Gruziya chempionati oliy ligamizdan kuchli ekanmi?

- Chempionatlarning saviyasi yaqqol ajralib qolmagan. Bu yerda Yevropa futboli havosi ufurib turibdi. Asosiy farqi - tezkor futbol va aniq to‘p uzatishlarda. Qolaversa, jamoalarning egallab turgan o‘rinlari o‘yinlarda unchalik ko‘zga tashlanmaydi. Tashqaridan kelgan odam qaysi klub turnir jadvalida yuqorida turganligini bilmaydi. Maydonda jiddiy kurash kechadi. Yetakchi va autsayder o‘rtasidagi bahslarda jamoalarning g‘alabaga bo‘lgan imkoniyati deyarli teng. Saviya borasida bizning futbol ham qolishmaydi. Lekin baribir, Yevropaniki boshqacha ekan.

- Debyutingiz omadsiz chiqdi. «Shukura» o‘z maydonida 0:5 hisobida yutqazdi...

- Afsuski, shunday bo‘ldi. Buning yetarlicha sabablari bor edi. Himoyada yoshlar bilan birga o‘ynashimga to‘g‘ri keldi. Ular hali biron marta boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishmagandi. Besh nafar asosiy futbolchi jarohat hamda sariq kartochkalar soni ko‘payib qolgani sababli «Lokomotiv»ga qarshi kechgan o‘yinda yordam bera olishmadi. Bu jamoamiz uchun katta yo‘qotish edi. Ulardan 3 nafarining himoyachi ekanligi vazifamizni yanada qiyinlashtirdi. Chempionat karvonboshisiga qarshi asosiy tarkibning 5 nafar futbolchisisiz o‘ynash oson emas. Salbiy natijaga ham shu omillar sabab bo‘ldi.

- «Shukura» turnir jadvalida so‘nggi pog‘onani egallab turibdi. Jamoa oldiga kuchlilar safidagi o‘rnini saqlab qolish vazifasi qo‘yilganmi?

- Klub prezidenti mavsum boshlanishidan oldin jamoa oldiga kuchli to‘rtlikdan joy olish vazifasini qo‘ygan ekan. Hozir esa turnir jadvalidagi holatimizga havas qilib bo‘lmaydi. Lekin tarkib bilan bog‘liq muammolarimiz bartaraf etilgach, natija ham ijobiy tomonga o‘zgarishiga ishonaman. Hali oldinda chempionatning ko‘p o‘yinlari bor. Muxlislar ham, klub rahbariyati ham murabbiylar shtabi va futbolchilarga ishonch bildirishyapti. O‘ylaymanki, hammasi iziga tushib ketadi.

- Adashmasam, o‘tgan mavsum «So‘g‘diyona» sharafini himoya qilgandingiz...

Bu hali hammasi emas, davomi: www.iff.uz da

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 18:52, 18.04.2017.
O'qildi: 6451 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.