Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Odil Ahmedov: «Fransiya chempionatida to‘p surishim mumkin edi»

Odil Ahmedov: «Fransiya chempionatida to‘p surishim mumkin edi»

Baho:
+ | -

«Shanxay SIPG» yarimhimoyachisi Odil Ahmedov Xitoydagi faoliyati haqida gapirib berdi.

«Xitoyga ketishimdan oldin, arab klublaridan taklif oldim. Ular meni anchadan buyon «ta’qib» qilib kelmoqda. Yana bir variantda Fransiya chempionatiga o‘tishim ham mumkin edi. Ammo ular mening transfer narximni ko‘tara olishmadi. «Shanxay» esa kerakli pulni berishga rozi bo‘ldi.

Hozir «Krasnodar»dagidan sal ziyod maosh olmoqdaman. Biroq, Xitoyga pul uchun kelmadim. Men uchun pul masalasi hech qachon birinchi darajali bo‘lmagan.

Yangi limit tufayli, Superliga o‘yinlarida uch nafar legionerni tarkibga kiritish mumkin. Boshqalar esa zaxira o‘rindig‘ida ham o‘tirmasligi shart. Shu tufayli bosh murabbiy tarkibni tez-tez o‘zgartirib turishga majbur. Bir o‘yinda maydonga tushsam, keyingisida dam olyapman. Agar bosh murabbiyimiz Villash-Boash limit joriy qilinishini bilganida, yana bir legionerni, ya’ni meni taklif qilib o‘tirmasdi. U menga: «Rotasiya qilishga majburman, to‘g‘ri tushun» - dedi. Men tushundim.

Muxlislarga qoyilman. Birinchi marta kelganimda, aeroportda gullar bilan kutib olishdi, bunaqasi hech bo‘lmagan. Odamlar chin dildan futbolga muxlislik qilarkan. Yutasanmi, yutqazasanmi, ularga farqi yo‘q. Har doim qo‘llab-quvvatlab o‘tirishadi.

Jamoadoshim Xalkni rossiyadagilardanam juda yaxshi ko‘rishadi, bu aniq. Odamlar uni ko‘rganida, xursandchilikdan baqirib yuborishadi. Qayerga borsak ham shu holatni guvohi bo‘lamiz. O‘z uyimizdagi o‘yinlarda esa kamida 25-30 ming tomoshabin tashrif buyuradi» - dedi Ahmedov «Futbol» haftanomasiga bergan intervyusida.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 22:13, 18.04.2017.
O'qildi: 36366 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.