Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichi va “Happy Caravan – 2017” xalqaro turniri start oldi

Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichi va “Happy Caravan – 2017” xalqaro turniri start oldi

Baho:
+ | -

Poytaxtimizda bir necha yildan beri an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Happy Caravan” turniri boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston va Xalqaro gimnastika federasiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqalarda mamlakatimiz gimnastikachilaridan tashqari Armaniston, Avstraliya, AQSH, Belarus, Bolgariya, Gruziya, Indoneziya, Ispaniya, Isroil, Latviya, Norvegiya, Rossiya, Sloveniya, Tailand, Finlyandiya, Shveysariya, Estoniya, Yaponiya va Qozog‘iston kabi davlatlardan yuz ellikdan ziyod kuchli gimnastikachilar ishtirok etishmoqda.

Toshkentdagi Gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxiralari sport maktabida start olgan “Happy Caravan – 2017” xalqaro turniridan so‘ng shu yerning o‘zida Gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichi boshlanadi.

Ma’lumki, poytaxtimiz bir necha bor badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichlariga mezbonlik qilgan, 2010 yilda o‘smirlar o‘rtasidagi I Olimpiadaga yo‘llanma beruvchi Osiyo chempionati ham ay nan Toshkentda tashkil etilgan. Shuningdek, jajji qizaloqlarni gimnastikaning nafis turiga keng jalb etish maqsadida an’anaviy "Happy Caravan" xalqaro turniri muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Bu safargi musobaqaning yakkalik bahslarida Dildora Rahmatova, Nuriniso Usmonova, Taxmina Ikromova, Xurshida Abduraufova, Sevinch Turdiyeva, Nargiza Jumaniyozova, Diyora Burhonxo‘jayeva, Lola Zokirova, Farzona Usmonova singari gimnastikachilarimiz Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda. Guruh bahslarida Shahrizoda Arzimatova, Yekaterina Fetisova, Shahrizoda Qayumova, Dinora Izzatullayeva, Sunajon Sotimboyeva, Anastasiya Tixonovadan iborat jamoamiz qatnashmoqda.

Nufuzli turnirning birinchi kunida gimnastikachilar jamoaviy ko‘p kurash bo‘yicha g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashdi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Diyora Burxonxo‘jayeva xalqada 15.05 ball, Taxmina Ikromova koptokda 15.15 ball, bulavada 14.35 ball, Sevinch Turdiyeva tasmada 14.15 ball to‘pladi. Shu tariqa 58.7 ball to‘plagan terma jamoamiz shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Eslatib o‘tamiz, 18-19 aprel kunlari “Happy Caravan – 2017” xalqaro turniri o‘tkazilsa, 21-23 aprel kunlari Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Xalqaro gimnastika federasiyasi (FIG) tomonidan tashkil qilingan jahon kubogi to‘rtta mamlakatda o‘tkaziladi. Ulardan dastlabkisi Italiyaning Peskara shahrida bo‘lib o‘tdi. Ikkinchisiga Toshkent shahri mezbonlik qilsa, uchinchi va to‘rtinchi turnirlar Boku va Sofiya shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:33, 19.04.2017.
O'qildi: 5001 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.